Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir.
Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va
hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori,
intellektual bozor, shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga
qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: