1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Konyunkturani shakllantiruvchi omillar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   206
M.A.

7.2. Konyunkturani shakllantiruvchi omillar 
Konyunktura, deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-
sharoitlar tushuniladi. Omillarning o‘zgarishi konyunkturaning o‘zgarishiga olib keladi. Bozordagi 
har qanday vaziyat turli omillar ta’siri ostida o‘zgaradigan ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan 
tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi va ichki omillarning ta’siri ostida firmalar 
faoliyatidagi tendensiyani, ya’ni uning kelajakdagi rivojlanishi va bozordagi holatini aniqlash 
marketing tadbirlarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. 
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar manbayi bo‘lib, ishlab 
chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning 
ko‘rsatkichlari ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani 
tahlil qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi: makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi milliy 
mahsulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi 
ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, 
baholar dinamikasi, ishsizlik va inflatsiya darajalari. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tovar bozorlari 
holati, talab va taklif, baho, talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar 
qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular bir-


biri bilan bog‘liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tganda ularda o‘zgarish 
ro‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, 
tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlarni 
hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini 
baholashda muhim o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari ichki bozor konyunkturasining 
shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi 
mumkin: 
1.
Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish ko‘zlansa, u holda, uning 
belgilangan davrdagi dinamikasi o‘rganiladi. 
2.
Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan ahvolini bilish zarur bo‘lsa, unda 
tovarning bozordagi «hayotiylik yo‘li» o‘rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil 
qilinadi. 
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo‘jalik yoki tovar holati) bozordagi raqobat va baholar 
dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida shakllanayotgan talab va taklif munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Marketing tizimi subyektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishda, narx-navoning 
o‘zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar, texnologiyalarni yaratishda, bozor konyunkturasi va 
iste’molchilar hatti- harakatining turli omillarga bog‘liqligini o‘rganishda turli istiqbolni belgilash 
usullari qo‘llaniladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida uning o‘ziga 
emas, balki konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu sababli bozor 
konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, har qanday bozor 
konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
1.
Makroiqtisodiy omillar. 
2.
Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu 
sababli iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o‘rni qanday, milliy boyliklar qay 
darajada qo‘llanilmoqda, degan savollarga javob topish lozim bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, taklif, narx va raqobat 
kiradi. 
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. 
Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha 
taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi. Talabni 
o‘rganishda diqqat avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondirilmagan talabga jalb qilinadi. Tovar 
aylanish tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari bo‘yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab 


o‘rganiladi, qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o‘rganish usullari 
yordamida aniqlanadi. 
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. Taklifni o‘rganishda avvalo tovar 
manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. 
Tovar manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar ro‘yxatini 
tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, yetkazib berish muddatlari va taklifning tarkibini 
aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. 
Zaxiraning hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish dinamikasi va 
boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida 
yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar 
zaxiralirini kompleks o‘rganishga asos bo‘ladi. 
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar bozorlaridagi raqobatni tahlil 
qilishda avvalo, korxonalar raqobati so‘ng tovarlar va ehtiyojlar raqobati o‘rganiladi. Korxonalar 
raqobatining tahlili sotuvchilar soni, ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, 
yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnika ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha 
resurslar va ularning qaytim miqdori muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport-import, 
shuningdek, narx-navodagi o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bunda tovarlar 
taklifi, investitsiya miqdori va tarkibiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab, korxona, tashkilotlar pul 
sarfining yo‘nalishi, aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan ta’minlanish darajasi o‘rganiladi. Bozor 
konyunkturasi ehtimollari ayrim tovarlarga milliy, regional va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi. 
Bozor konyunkturasi oldindan ko‘ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo‘liqmaslik, bozor muvozanatini 
ta’minlab borish sharti hisoblanadi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni 
ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmuyi bozor konyunkturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar – talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan 
ifodalanadi. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Dunyo 
bozorida iste’mol mollari konyunkturasi har 9 oyda o‘zgarib turadi. 
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o‘rni va ularning shakllanish xususiyatlarini hisobga olgan 
holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni o‘rganishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida 
olinadi: narxlarning barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning o‘zgarish darajasi, 
sotuvchi tomonidan narxlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tizimlarni qo‘llash, mavsumiy narxlarning 
qo‘llanishi va boshqalar. Narx bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil 
hisoblanadi. Uning o‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli narx tahlilida nafaqat 
hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin