1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206
M.A.

7.3. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari 


Bozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar va boshqalar shaklida ishlab 
chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va uzoq muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash 
usuli uning maqsadiga, istiqbolni ko‘rish darajasini o‘rganishga, axborot ta’minotiga va boshqa 
shartlarga bog‘liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. 
Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. 
Natijalarni berish shakliga qarab istiqbol ko‘rsatkichlari miqdoriy va sifat ko‘rinishida bo‘lishi 
mumkin. 
Muddatiga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari bo‘ladi. 
Istiqboli belgilanayotgan obyekt hajmiga qarab umumiy (respublika iqtisodiyotining asosiy 
ko‘rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq, infrastruktura, yirik kompaniya uchun). 
Istiqbolni belgilash usullari qo‘llanilishining amaldagi samaradorligi - bozor hajmini aniqlash, tashqi 
omillarning turli ko‘rsatkichlarga ta’sirini belgilash, bu omillarning bozor holatiga va dinamikasiga, 
konyunkturaga ta’sirini o‘rganish istiqbol ko‘rsatkichlarini alternativ tahlil qilishga imkon beradi. 
Iqtisodiy bashoratlashda ko‘pincha, ekspert baholash usuli masalan, Delfi usuli qo‘llaniladi. Bu 
usulning mohiyati shundan iboratki, ekspertlar guruhi o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida u yoki bu 
muammo bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarini isbot - dalil (argumentli fakt) larga asoslanib 
baholaydilar. Umumiy fikrlar- bozor, uning holati, rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, yangi bozor 
segmentlarining paydo bo‘lishi kabilar haqida ekspert xulosalari qilinadi. So‘ngra ekspertlar 
xulosalari natijalari yana maxsus standart dastur (kompyuter dasturi) yordamida tahlil qilinadi. 
Natijalar qaror qabul qiluvchi mas’ul shaxsga topshiriladi. 
Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib, unda quyidagi vazifalar hal 
qilinishi mumkin. 

Talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini aniqlash. 

Keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga mo‘ljallangan talab hajmi. 

Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash. 

Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab 
hajmini aniqlash. 

Bozordagi raqobatni baholash. 

Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar. 
Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda ham undan foydalanish mumkin. 
Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u orqali bozorga tegishli sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi 
mumkin, masalan, bozorda ijtimoiy –siyosiy holatning o‘zgarishi, ekologiyaning ishlab chiqarishga 
va mahsulotlarni iste’mol qilishga ta’siri kabilarni aniqlash mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan 
birga kamchiliklari ham mavjud, ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–mulohazalarining 
cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma ravishda har bir ekspertdan bir necha 
bosqichda olinib, keyin bir xulosaga kelinadi. 1-3 yil va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda 


bu usul bilan qilingan natijalar o‘zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 tagacha ekspert qatnashishi 
mumkin. Bu albatta, masalaning qo‘yilishiga, muammoning katta–kichikligiga bog‘liq. 
Ekspert baholash usulida keng qo‘llaniladigan uslubiyot bu-«aqliy hujum» hisoblanadi. Buning 
mohiyati shundaki, muammo ekspertlarning bahs–munozarasi, muhokamasi asosida olib borilib, 
muammoning u yoki bu yechimi ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Diskussiya oldindan tuzilgan 
ssenariy asosida olib boriladi. Ekspertlash orqali istiqbolni baholashni tashkil etishning yangicha 
sxemasi «sinektika» usulini 1960-yilda U.Gordon taklif etdi. Uning «aqliy hujumdan» farqi shundan 
iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi (miqdor jihatdan stabil) «hujumdan» «hujumgacha» 
ma’lum tajriba to‘plab boradilar. 
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko‘rish va uning asosiy 
parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning 
yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. 
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura prognozida amalga oshiriladi hamda 
raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini 
aniqlashga qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o‘rganish 
usullaridan keng foydalaniladi. 
Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun zarurligi kelajakda 
ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash 
bo‘yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi. 
Konyunkturani shuning uchun o‘rganish va bashoratlash kerakki, uni bilish mahsulotlarini eng 
foydali narxlarda sotish va sotib olish, mavjud resurslarni oqilona joylashtirish (manevrlashtirish), 
bozorda kutilayotgan holat bilan mos holda tovar ishlab chiqarishni kengaytirish yoki qisqartirish 
imkonini beradi. Tovar bozori konyunkturasining tahlili quyidagi jihatlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Birinchi navbatda, mamlakat iqtisodiyoti siklining qanday bosqichdaligini aniqlash va unga 
kompleks tavsif berish zarur. 
Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha jahon bozori asosiy ishlab 
chiqaruvchi mamlakatlar bo‘yicha ishlab chiqarish dinamikasi ko‘rib chiqiladi, bu tovarni 
chiqarishdagi o‘zgarishning asosiy sababi o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ilmiy-texnika taraqqiyotining 
tarmoq va tadqiq etilayotgan tovar bozoridagi ta’siriga qaratiladi. 
Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi mamlakatlar bo‘yicha 
bo‘laklangan holda o‘tkaziladi. Shuningdek, bozor sig‘imiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ham 
o‘rganiladi, bu tovar iste’moli sohasidagi ahvol tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish 
darajasi, savdoning shakli va metodlari ularning dinamikasi aniqlanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini 
tovarning iste’moli darajasiga ta’siri albatta o‘rganiladi. 
Zaxiralarni tahlil qilish ishlab chiqaruvchilar va savdoda ham, iste’molchilarda ham zaxiralar sohasi 
siyosatini tadqiq etishni, ularning harakatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi. 
Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo‘yicha jahon eksporti va importini tahlil qilishda 
savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va valuta tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tovarlar 
eksporti va importining rivojlanish bashorati tuziladi. 


Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi hisoblanadi. Narx dinamikasi ko‘rib 
chiqiladi. Narxlar o‘zgarishining asosiy sabablari, ularning yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi, 
xomashyolar va yarim fabrikatlar narxining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining oshishi
inqirozning oldini olish, valuta kursining o‘zgarishi, savdo metodlari va shakliga ta’siri hamda 
aloqalari tahlil qilinadi. Raqobatchilarning narx sohasidagi, davlatning narxni shakllantirishidagi 
siyosatlari ta’minlanadi. 
Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir. Bu ko‘rsatkich prinsipial 
ravishda tovar savdosining imkoni bo‘lgan hajmini namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt 
davomida unda realizatsiya qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida) hajmi bilan 
belgilanadi. 
Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin: 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin