1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206
M.A.

«Gipersegmentatsiya»
strategiyasi tovarlarning shaxsiy buyurtmalar bo‘yicha ishlab chiqilishiga, 
turli xil variantlarning taklif qilinishiga, asosiy funksiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx 
evaziga har xil ikkinchi darajali funksiyalarning bajarilishiga olib keladi. 
«Kontrsegmentatsiya»
strategiyasi esa, aksincha, tovarlarni hech qanday «bezaklarsiz» taklif 
qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam 
bo‘ladi. 
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga ajratish strategiyalarini qo‘llar 
edilar. Bu strategiyalar esa markalar sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqarish va 
savdo xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi. 
Iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning tebranib turishi tufayli yuz bergan o‘zgarishlar 
iste’molchilarni 
«narxdan qoniqish» nisbatiga 
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda 
iste’molchilar tovarning narxlari bilan uning xarakteristiklarini solishtirib ko‘rishga yaxshiroq 
tayyorlanganlar, ularning tovari narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtirilganligi tufayli 
arzonlashtirilgan, deb qabul qilishga ko‘proq moyildirlar. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida 
«markasiz»
tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani yana bir bor tasdiqlaydi. 
Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va avvalo, ommaviy iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni 


ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan 
tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli 
ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, «kontrsegmentatsiya» - 
«narxdan qoniqishi»
mezoniga asoslangan segmentlashdir. 
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubormaslik kerak. Differensiatsiya - 
bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlarga tayanuvchi: 
a.
bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida; 
b.
bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan 
tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir. 
Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi hisobiga yaxshilashga asoslangan. 
Konseptual differensiatsiya tovar taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar 
o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan tovarlari 
o‘rtasida tovar taklifining turli variantlarini ishlab chiqishdir (J.J.Lamben). 
Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z muammolarining yechimlarini 
turlicha, deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar differensiatsiyalangan bo‘ladi. 
Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘lsa, segmentatsiya - bozorni tashkil 
qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyojlariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari tufayli 
firmalar o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangilashga majbur bo‘ladilar. Shunday qilib, 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin