1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206
M.A.

differensiatsiya
- takliflar xilma-xilligini yoritib beruvchi
segmentlash
- talablar xilma-xilligini 
yoritib beruvchi konsepsiyadir. 
Tovar differensiatsiyasi tovarni raqobatchilarning tovarlaridan ajratib turuvchi bir qator 
modifikatsiyalarni ishlab chiqish jarayonini anglatadi. “
Differensiatsiya” 
atamasi ingliz tilidan 
tarjima qilganda “differentiation” so‘zi differensiatsiya, “farqlash”, degan ma’nolarni anglatadi. 
Bizning nuqtayi nazarimizda jarayon va hodisalarni ularning funksional, sifat jihatlari bo‘yicha 
tavsiflashda (mahsulotlarga ham taalluqli) “differensiatsiya” atamasini, jarayon va hodisalarni 
zamon va makonda ko‘rib chiqishda esa “differensiyalash” (masalan, ish vaqtini differensiyalash va 
hokazo) atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘lar edi. 
Tovar differensiatsiyasining maqsadi uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, tovarning 
jozibadorligini alohida bozorlar yoki bozor segmentlarining xususiyatlari, iste’molchilarning shaxsiy 
afzal ko‘rishlari hisobiga oshirishdan iborat. Tovar differensiatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha 
amalga oshiriladi: tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari, tovardan foydalanish samaradorligi, 
qulaylik, ishonchlilik, tovar dizayni va stili. 
Marketingda tovar differensiatsiyasi, deganda tovarni ishlab chiqish va sotuvga tayyorlash, bozorga 
mavjud tovarlarga qo‘shimcha ravishda yangi tovar turlarini olib chiqish tushuniladi. 
Differensiatsiya ikki xil yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 


— e’tiborni o‘z tovari imkoniyatlariga (o‘rov materiallari va narxning o‘zgarishi, ikkilamchi 
bozorga chiqish) qaratish; 
— raqobatchilar taklif etuvchi tovar xarakterini (narxi, sotuv kanali, imiji va hokazo) hisobga olish. 
F.Kotler tovar differensiatsiyasi bilan bir qatorda xodimlar, taqsimlash kanallari, imij va xizmatlar 
differensiatsiyasini ham ajratib ko‘rsatadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin