faoliyatida ishtirok etadi. Uning har bir guruhdagi pozitsiyasi bajaradigan roli va statusiga ko‘ra
belgilanadi. Rol- bu harakatlar yig‘indisi bo‘lib, bajarilishi odamning atrofdagi o‘rab olgan
shaxslardan kutiladi. Bajariladigan har bir rol ma’lum statusga mos keladi.
AQSh oliy sudi
sudyalarining statusi, tibbiy, savdo bo‘yicha menejerning statusi kompaniyaning oddiy xizmatchisi
statusidan yuqori. Odatda, odamlar o‘zlarining ijtimoiy statuslarini (belgilarini)
tasdiqlashi va
mustahkamlashi kerak bo‘lgan tovarlarni sotib oladilar. Shu bois kompaniyalar prezidentlari
harakatlanish vositasi sifatida «Mersedes», qimmatbaho kiyimlar va «Chivas Regal» viskisi
kabilarni afzal ko‘radilar. Marketologning mahsulot va tovar
markasini status belgisiga
aylanishidagi potensial imkoniyatlarini anglay olishi o‘ta muhim.
Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari
: yoshi
va oilasi hayot siklining
bosqichi, ishi, iqtisodiy holati, hayot uslubi, fe’l-atvori va o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga
xosligi
kabilar ta’sir qiladi.
Yoshi va hayot sikli bosqichi
. Hayoti davomida odam turli xil tovar va xizmatlarni sotib oladi.
Bolaga
bolalar ozuqasi zarur, katta odamlar rang-barang mahsulot va taomlarni tatib ko‘rgisi keladi,
yoshi ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt o‘tgan sari kiyimlar,
mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did (qarash) lar o‘zgarib boradi.
Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda,
oilalar hayot siklining 9
bosqichi ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va
o‘ziga xos xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab
chiqaruvchilar
oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga olish
kerakki, bitta uy xo‘jaligi egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz
odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan tashqari yaqinda o‘tkazilgan
tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik bosqichlari ham mavjudligini aniqladi.
Dostları ilə paylaş: