1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206
M.A.

Sotib oluvchining xarid qobiliyati. 
Xarid qiluvchining xarid qobiliyati turi iste’molchi tomonidan tovarni sotib olish haqida qaror qabul 
qilinishini belgilaydi. Tish pastasi, tennis raketkasi, shaxsiy kompyuter yoki yangi mashina sotib 
olish birbiridan farqlanadi. Katta va qimmatli xarid sotib oluvchidan uzoq mulohaza qilishni va 
qaror qabul qilish jarayoning ko‘p bo‘lishini talab etadi. G.Assel iste’molchilarni xarid jarayonida 
uni jalb etilishi darajasi va tovarlar markasi orasidagi farqni tushuna olishiga asoslanib, xarid 
qobiliyatining 4 turini ajratadi. 
Kompleks xarid qobiliyati uch bosqichli jarayon. 
1.
Avval sotib oluvchida tovarga nisbatan ma’lum istak paydo bo‘ladi. 
2.
Keyin unda qiziqish tug‘iladiva sotib olish niyati shakllanadi. 
3.
Jiddiy o‘ylab ko‘rgandan keyin xaridni amalga oshiradi. 
Kompleks xarid qobiliyati iste’molchining xarid jarayoniga maksimal jalb etilishida va ularning 
markalarini yaxshi ajrata olishida kuzatiladi. Odatda, bu qimmatbaho xaridorning didini aks 
ettiruvchi, masalan, avtomobil kabilarni sotib olishga tegishlidir. 
Marketologlar xaridorlarga tovarlar tavsifining nisbiy muhimligi va u yoki bu markaning sezilarli 
afzalligini anglab yetishda yordam beruvchi strategiyalar ishlab chiqishlari zarur. Marketologlar 
iste’molchilarga o‘z savdo markalarini bir xillashtirishi, uning afzalliklarini tanishtirishlari uchun 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va do‘kon sotuvchilari hamda iste’molchining 
atrofidagilarni uzil-kesil tanlab olishiga, xohlagan ta’sirini o‘tkazishiga motivatsiyalashi lozim. 
Agar iste’molchi gilam sotib olgandan keyin unda birorta kamchilikni sezib qolsa yoki ishdagi 
hamkasblarning boshqa gilam haqidagi ijobiy fikrlarini eshitsa, u ayrim nomutanosib tuyg‘ularni his 
qilishi mumkun. Boshqa tomondan esa u qilgan xaridini ma’qullovchi har qanday e’tirofga juda ham 
etibor bilan yondashadi. Bu misolda iste’molchi avval xarid qiladi, keyin unda yangi qarash 
shakllanadi, keyin ishonch paydo bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchining siyosati 
iste’molchiga o‘z xarididan qanoatlanadigan ma’lumot bilan ta’minlanishga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
lozim. 


Odatda, markalar orasida sezilarli farq bo‘lmasa, tovarni xarid qilish iste’molchini sotib olish 
jarayoniga jalb etish past darajada kuzatiladi. Tuz sotib olish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Agar 
kimdir tuzning ma’lum markasini sotib olishga o‘rgangan bo‘lsa, bunday iste’molchilik 
bog‘langanligi bu holda istisno qilinadi. Kundalik iste’mol uchun arzon tovarlar sotib olishda 
xaridorni jalb etish darajasi nisbatan quyi darajada bo‘ladi. 
Yuqori darajada jalb etishni talab qilmaydigan tovarni xarid qilishda iste’molchining tabiati odatdagi 
«ishonch-niyat-xarid» sxemasiga to‘g‘ri kelmaydi. Turli markalar haqida faol axborot qidirish, 
ularning xarakteristikasini baholash va sotib olish haqida jiddiy fikr yurutish shart emas. Bunday 
holda iste’molchi tele va radio reklamalar va gazeta e’lonlarini passiv idrok etadi. Bitta markaning 
nomini reklamada ko‘p martalab takrorlash bunday markani sotib olish zarurligiga ishonch hosil 
qilish bilan birga u haqida bilim, ma’lumotga ega bo‘lishga ham olib keladi. Xaridorda ma’lum 
markaga nisbatan turg‘un munosabat paydo bo‘lmaydi, ular u haqida bilganliklari uchun ham uni 
tanlaydilar, xarid qilganlaridan keyin esa jarayonga sust jalb qilinganliklaridan o‘z tanlovlarini aniq 
baholay olmaydilar. Shunday qilib, jalb qilinganlik darajasi past bo‘lgandagi xarid jarayoni sotib 
oluvchilarning markaga nisbatan ishonchlari passiv ta’lim orqali shakllana boradi. Keyin xarid 
qobiliyati shakllanadi, shundan keyingina baholash yuzaga kelishi mumkin. Markalar orasida 
unchalik farqi bo‘lmagan tovar ishlab chiqaruvchilar savdo hajmini oshirish uchun chegirma va 
arzonlashtirilgan narxlarda sotish amaliyotidan samarali foydalanadilar. Chunki iste’molchilar 
mahsulotning o‘ziga xos farqli xususiyatlariga unchalik e’tibor qaratmaydilar. Reklamada tovarning 
faqat eng asosiy tomonlari tariflanishi va mahsulot aniq markasi bilan bog‘liq vizual yoki obrazli 
timsollari bilan bog‘liq oson eslab qolinadigan tomonlaridangina foydalanish zarur. Reklama 
kompaniyasi qisqa ma’lumotlarni ko‘p martalab qaytarishga mo‘ljallangan bo‘lmog‘i kerak. Shu 
ma’noda televizion reklamaning natijasi sifatida passiv o‘qish haqiqiy matbuot reklamaning 
amaliyotiga nisbatan ancha samarali. 
Iste’molchilarning ma’lum tovarni sotib olishga jalb etilganlik darajasini oshirish uchun ishlab 
chiqaruvchilar to‘rtta strategiyadan foydalanadilar. Birinchidan, ular mahsulotdan foydalanishni 
biron bir muammoni hal qilish bilan bog‘laydilar. Masalan, «Crest» tish pastasi (Rossiyada va 
Yevropada» Blend-a-Med» nomi bilan sotiladi) kariyesning profilaktikasiga bog‘langan. 
Ikkinchidan, mahsulot qaysidir individual shaxsiy vaziyat bilan bog‘lanadi. Masalan, qahva 
reklamasida bir stakan ichimlikning ertalabki xushbo‘y hidi iste’molchining uyqusini ochadi, degan 
syujet bilan beriladi. Uchinchidan, reaksiya beruvchi reklama kompaniyasi ishlab chiqiladi, shaxsiy 
qimmatliklar haqidagi mavzular yoki iste’molchining «men»iga reklamadagi mavzu kuchli ta’sir 
etadi. To‘rtinchidan, tovarni mukammallashtirish amalga oshiriladi (masalan, oddiy yaxna ichimlik 
vitaminlar bilan boyitiladi). 
Xaridning ayrim vaziyatlari, hatto tovar markalari orasida jiddiy farq bo‘lsa ham iste’molchilarni 
jalb etishning past darajasi bilan xarakterlanadi. Bunday holatda sotib oluvchi qaysidir ma’lum 
savdo markasini tanlamay qo‘yadi. Misol uchun, iste’molchida pechenye mahsulotlarini sotib 
olishga nisbatan ayrim muammo yuzaga keldi, u hech ikkilanmay uning biror turini tanlaydi va 
iste’mol qilish jarayonida unga baho beradi. Biroq keyingi gal birorta yangisini ta’tib ko‘rish istagi 
bilan u boshqa markadagi pechenye sotib oladi. Bir markadan ikkinchisiga o‘tishining sababi 
ma’lum tovar markasidan norozi bo‘lgani emas, o‘xshash tovarlar assortimentining ko‘pligidir. 
Bunday vaziyatda bozorning yetakchilari va izchil kompaniyalar turli xil strategiyalarni tutib 
turadilar. Yetakchilar do‘konlar peshtaxtalarida o‘z tovarlari ulushlarini ko‘paytira borib va 
muntazam jadal reklamaga mablag‘ qo‘yib, odatdagi xarid qobiliyatini saqlab qolishga urinadilar. 
Izchil kompaniyalar esa tovarlarni maxsus narxlarda, kuponlarda, tekin namunalar berish bilan, 


reklama yangiliklar hisobiga tovarlarni tanlashga undayotgan bir paytda, xaridorlarning bir 
markadan ikkinchisiga o‘tib turishini rag‘batlantiradilar. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin