•
Kompyuter konfiguratsiyasiga (redizayn) o‘zgartirish kiritish. Shuning uchun tovarning
ko‘rinishi xarakteristikasi asosida qayta pozitsiyalash deyiladi.
•
Iste’molchining markaga nisbatan ishonchini o‘zgartirish. Bunday strategiya ayniqsa,
iste’molchi marka sifatini noto‘g‘ri baholaganda samarali bo‘ladi. Iste’molchining marka
haqidagi ishonchini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan harakatlar psixologik qayta pozitsiyalash,
deyiladi.
•
Raqobatchilarning markasiga nisbatan iste’molchilarning ishonchini o‘zgartirish. Raqobatli
depozitsiyalanuv nomini olgan strategiya iste’molchilar raqobatchilar markasi yaxshiroq
xarakteristikaga ega, deya xato o‘ylashganda, ma’noga ega. Uni amalga oshirish usullaridan
biri raqobatchilarning markasi taqqoslanadigan reklamalar chiqarish.
•
Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zgartirish. Marketologlar iste’molchilarni
kompaniyalar ishlab chiqargan Sh.Kning ayrim xarakteristikalariga yetarlicha baho bera
olmayotganliklarini ishontirishga urinib ko‘rishlari mumkin. C markani ishlab chiqaruvchi
xaridorlar e’tiborini kompyuter vazn yengilligiga va gabaritiga qaratishi mumkin, chunki u
aynan shu sohada raqobatchilardan ustuvor bo‘ladi.
•
Tovarning ayrim o‘ziga xos xusiyatlariga e’tiborni jalb etish. Marketologlar xaridorning
e’tiborini markaning u avval sezmagan xarakteristikalariga jalb etishi mumkin. Agar C
markadagi kompyuter qiziq dizaynga yoki kuchli protsessorga ega bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi
uning bu xususiyatini albatta, alohida ko‘z-ko‘zlashi (maqtashi) shart.
•
Iste’molchining idealini o‘zgartirish. Ishlab chiqaruvchi xaridorning tovarning bir yoki bir
necha o‘ziga xos xususiyati haqidagi ideal tasavvurini o‘zgartirishga urinib ko‘rishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: