1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206
M.A.

Xaridning keyingi taqdiri. 
Ishlab chiqaruvchi xarid qilgan shaxs uning tovaridan qanday 
foydalanayapti, degan savollarga ham javob topa olishi kerak. Agar tovar tokchada chang bosib 
yotgan bo‘lsa, demak, sotib olgan odam undan qanoatlanmagan, u haqidagi fikrlari salbiy. Agar 
yoqmagan tovar sotib yuborilgan yoki foydaliroq tovarga almashtirilgan bo‘lsa, ishlab 
chiqaruvchilarning yangi tovar ishlab chiqarish hajmi pasayadi. Bundan tashqari yetkazib beruvchi 
kompaniya xaridorlar bilan mahsulotni qo‘llashning yangi vositalarini topsa, u bundan yutadi. 
Xaridor qachondir sotib olgan tovaridan butunlay voz kechishi, ishlab chiqaruvchi esa o‘z 
mahsulotidan nimaiki (chiqindi) qolgan bo‘lsa, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun harakat 
qilishi kerak bo‘ladi (bankalar, shishalar va pamperslar bilan bo‘lgan hodisadagi kabi). Ekologiya va 
chiqindilarni zararsizlantirish muammolarining o‘sib borishi xaridorlarning atirlarning chiroyli 
shishachalarini tashlab yuborish borasidagi anglashmovchiliklari Fransiya Rochas kompaniyasining 
parfyumeriya tarmog‘ida yangi g‘oyaga undadi. 1994–yilda Rochas hajmi 30, 50 va 100 ml. bo‘lgan 
va tugasa mos keluvchi do‘kondan yana to‘ldirib olish imkonini beruvchi flakonlarda yangi «parvoz 
suvi» ni taqdim etdi. 
Xarid qilgan odam uning tovari taqdirini quyidagicha belgilaydi: 


1. Mahsulotdan vaqtincha qutiladi. 2. Mahsulotdan qutiladi. 
3. Mahsulotdan butunlay qutiladi. 4. Foydalaniladi. 5. Ijaraga beriladi. 6. Qarzga beriladi. 7. 
Vazifasiga ko‘ra ishlatiladi. 8. Uni qo‘llashning yangi usuli topiladi. 9.Yaxshi kunlar kelguncha, 
saqlanadi. 10. Berib yuboriladi. 11. Almashiladi.12. Sotiladi. 13. Tashlab yuboriladi. 
14. Sotish uchun. 15. Foydalanish uchun. 16. Vositachiga. 
Sog‘lomlashtirish modeli.
Sog‘liqni saqlash sohasida ijtimoiy marketing uchun iste’molchilar o‘z 
salomatliklariga nisbatan o‘zlarini qanday tutishlari muhim ahamiyatga ega: chekishni qanday 
tashlaydilar, yangi parhezga qanday kirishadilar, trenajyor zallariga qanday keladilar va h.k. 
«O‘zgarish bosqichlari» nomli modelda beshta bosqich ajratiladi: 
1.
Avvalgilari. Anglanmagan holda «nimadir qilish kerak»ligi muammo yoki zarurati. 
Mulohaza yuritish. Muammo va nimanidir o‘zgartirish haqida jiddiy mulohaza yuritish. 
2.
Tayyorgarlik. O‘zgarishlarni boshlash haqida qaror qabul qilish va jarayonga tayyorgarlik. 
3.
Harakat. Tabiatini (xulq-atvorini) 1 kundan 6 oygacha muddatga muvaffaqiyatli 
modifikatsiyalash. 
4.
Mustahkamlash. Yangi shaklni 6 oydan ortiq muddatga saqlab qolish. 
O‘z salomatligi haqida jiddiy tashvishlanishi uchun (chekishdan voz kechish, vaznini kamaytirish 
v.b.) inson ushbu besh bosqichning hammasidan o‘tishi lozim. Ijtimoiy marketingning vazifasi – 
inson ushbu jarayonlarning hammasini bo‘ysundira olishi uchun chaqiriq va vositalar topishdir. 
5.Xaridor faolligi siklining modeli. Professor Sandar Vandermerve iste’molchining har qanday 
masalaga nisbatan uchta tabiatining bosqichlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi: «…gacha» 
«jarayonda» va «keyin» faollikning yuzaga chiqishi. 
«…gacha» bosqichida nima qilish kerakligi haqida qaror qabul qilinadi, «…jarayonda» masalani hal 
qilish yuz beradi, «keyin» inson erishgan muvaffaqiyatni saqlab qolish bilan shug‘ullanadi. 
Korporativ xaridor – IBM dan dasturlarning yangi paketini sotib olish haqida mulohaza yuritayotgan 
bank yoki boshqa ishlab chiquvchining faollik sikli ko‘rsatilayotgan IBM ning vazifasi tanlovni o‘z 
foydasiga moyil qilish uchun har bir bosqichda xaridor uchun foydali ta’sir etish. Aynan nima taklif 
qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bank uchun maksimal foydani «hal qilish» qarorini beradi. 
Bunday variantni taklif qila borib, IBM xaridorga to‘liq xizmat ko‘rsatadi. Agar kompaniya 
shunchaki, o‘zining dasturiy ta’minlashini sotganda edi, yetishmayotgan xizmatlar uchun mijozlar 
boshqa tashkilotlarga murojaat qilishgan bo‘lar edi. Kompleks xizmat ko‘rsatishda bank IBMni afzal 
ko‘radi, xolos. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin