1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


F. Kotler yondashuvi bo‘yicha tovarning uch darajsi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206
M.A.

9.1-rasm. F. Kotler yondashuvi bo‘yicha tovarning uch darajsi 
Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo‘linadi: 

Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar 
va boshqa tovarlar kiradi. 

Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. 
Bularga pivo, sovun, gugurt, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin. 
Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xattiharakatlar. Bularga sartaroshxonada 
soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari 
tovarlarga so‘nggi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo‘linadi: iste’mol 
tovarlari va ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar. 


Iste’mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan eng 
zarur tovarlardir. O‘z navbatida, iste’mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga 
ega bo‘lgan tovarlar, talab juda kichik bo‘lgan tovarlar guruhlariga bo‘linadi. 
Kundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste’mol tovarlari bo‘lib, xaridor uni o‘ylamasdan va boshqa tovarlar 
bilan deyarli taqqoslamasdan, tez-tez xarid qiladigan tovarlardir. 
Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik darajasi 
kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, 
kiyimkechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin. 
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga ega bo‘lgan yoki mashhur 
firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta 
qimmatbaho taqinchoqlar. 
Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari bo‘lib, odatda xaridorlar bu 
tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar. Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun 
anchagina marketing harakatlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga 
mo‘ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab 
chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir. 
Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. 
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab 
bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni 
identifikatsiyalashda qo‘llaniladi. 
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlarning 
umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi, iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka 
siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, 
marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning nomi avvalo, tovarning xususiyati, 
asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan 
tashqari shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakllari va 
fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat 
texnik detallariga e’tibor qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar 
uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan mahsulot sifati mijozlarning 
istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak. 
Mahsulot va xizmatning farqi: 
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish yoki ushlab ko‘rish, sotib olib 
unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni 
oldindan bilasiz va ko‘rasiz. 
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan xatti-harakatdir. Siz mijozga 
xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, 
foydalanadi, iste’mol qiladi. 


Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar do‘konda yoki omborda 
saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar mijozdan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz odatda 
yonma-yon turadi. 
9.2-rasm. Marketingning unsuri –mahsulot va xizmatlar 
Xaridorlarning sotib olish odatlariga asosan 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin