1.
Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moligacha bo‘lgan davr tushuniladi.
Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov), ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish.
2.
Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan o‘zining ma’lum hayotiylik
davri tushuniladi.
Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi
–
korxonalar uchun hozirgi global bozorlardagi kuchli
raqobat ichida tirik qolish uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir
korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va
munosabatlarni boshqara olishi kerak. Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi,
bozorga kirish vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot chiqarish
tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi, mahsulot shaklini yaxshilashga yordam
beradi, isrofgarchilikni kamaytiradi.
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965–
yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm
kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra
yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar
hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi
bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan
tasvirlash mumkin.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha:
1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish.
Dostları ilə paylaş: