1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206
M.A.

1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich 
9.5.-rasm. Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va foydaning tavsifi 
Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga harakat qilamiz. 
Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida 
shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan 
rasmda bu bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu 
bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, 
potensial iste’molchilar kimlar bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash 


mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu 
faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial 
iste’molchilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini 
tushuntirib berishdan iborat. 
1.
Bozorga kirish bosqichi
. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushishi bilan 
boshlanadi. Bu bosqichda sotishning astasekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish 
xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq, 
ya’ni yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va 
unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki 
ular juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi uchun 
dastlab reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda 
marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez shakllantirish va potensial xaridorlarni 
haqiqiy xaridorlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek, bu bosqichda sotishni 
rag‘batlantirish, reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini 
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin