1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   206
M.A.

Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi 
Bozorga chiqish 
bosqichi 
O‘sish bosqichi 
Yetuklik 
bosqichi 
Chiqish 
bosqichi 
Tovar 
Asosiy 
Nomenklaturasini 
kengay- 
tirish 
Yangi tovarlarni 
bozorga kiritish 
Bozordan 
chiqish 
Baho 
Past, aksincha yuqori 
Narx oldingi 
fazadagiga nisbatan 
baland, yoki 
uning yuqori 
darajasiga mos 
keladi 
Chegirma va 
narxga 
nisbatan texnik 
harakatlar 
Talab holatiga 
mos keladi 
Sotish 
Tovar tarqatish 
chegaralangan, bir 
segmentda 
konsentratsiyalangan 
Sotishni tez 
kengaytirish, yangi 
segmentlarni topish 
Intensiv sotish 
Tovarni tanlab 
tarqatish 
Tovarni 
bozorga 
siljitish 
Ancha harakat talab 
etiladi 
Mumkin qadar 
maksimal harakat 
Foydaga mos 
ravishda 
harakatning 
kuchsizlanishi 
Tovarni 
bozordan 
chiqarish 


Servis 
Nazorat, mumkin qadar 
markazlashtirilgan 
nazorat 
Nazorat, mumkin 
qadar 
markazlash-
tirilmagan nazorat 
Servis markazi 
tomonidan olib 
boriladigan 
nazorat 
Tovarni sotish 
uchun yangi 
imkoniyatlar 
yaratish 
maqsadida 
servisdan 
foydalanish 
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, firma yoki korxona 
tovarning turli hayotiylik davri bosqichida ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing 
taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi. 
9.3. Yangi tovar tushunchasi 
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar, iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro 
raqobat tufayli firma ishlab chiqarayotgan tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. 
Iste’molchi doimo yangi va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi 
firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini 
safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturiga ega 
bo‘lishi kerak. 
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda yo‘lga qo‘yishi mumkin: 
1.
Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda firma boshqa biron firmaning 
mahsulotini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi. 
2.
Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o‘z kuchi bilan dunyoga 
keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot va 
izlanishlar bo‘limini tashkil etadi. 
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilsada, 
nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Buning oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari 
o‘ziga yoqqan biron yangi turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy bo‘lsa ham 
ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi tovar haqidagi g‘oyaning o‘zi qiziqarli, lekin bu 
tovarga bo‘lgan bozor talabi keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar 
talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. Boshqa bir holatni olaylik: tovar 
g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namunasini yaratish jarayonida tovar konstruksiyasi talab darajasida 


bo‘lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik, 
g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari 
bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga sabab 
ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi uchun qiziqarli 
bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi, 
bozorda kerakli xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi ham ushbu 
tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda 
mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab 
qilinmasa, ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish 
bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, 
zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan, 
yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar imkoniyatining 
muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki, 
firma yangi turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z 
maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab 
chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi 
kerak. 
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan o‘tadi: 
shakllantirish 
9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin