1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206
M.A.

Chakana narxlar
- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan narx. 

Xarid narxi
- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik korxonalari va qishloq 
ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji narxning alohida turi. 
Tartibga solinadigan narxlar
– talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri ostida shakllanadi, lekin davlat 
organlari narxning o‘sishi yoki pasayishini chegaralaydi. Ularga: 

chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori chegarasi belgilangan narxlar 

kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot sotib olishning yagona 
narxlari 

tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, majburiy emas. 
Erkin narxlar
bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin 
narxlar–bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar. 
Ularga: 

Talab asosida shakllanadigan 

Taklif asosida shakllanadigan 

Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi. 
Qat’iy belgilangan narxlar
– davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx 
– bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida 
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). 


Bozor narxi
– oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda qo‘llanuvchi baholar. 
Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi. Qabul qilingan 
belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Tariflar
- bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, aloqa xizmati uchun tariflar, temir 
yo‘l tariflari. Davlat tariflari rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda 
va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob 
qilishda ham, transportdan foydalangan davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda 
ham shu tarifdan foydalanadilar. 
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni tartibga solishning boshqa vositalariga 
ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi: 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin