Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat darajasi oshadi, bozorning ta’siri
esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor
yetakchisi narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini,
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif
qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi
raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va
boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga
raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik
firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi
mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar
darajasi birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i lozim.
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi choralariga ham (hukumat
antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta
kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: