Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar: Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx hisob-kitobi. Korxona
xohlaydigan foyda hajmini ta’minlaydigan narxni qo‘yishga intiladi. Narxlashtirishning bu
uslubiyoti zararsizlik grafigiga asoslanadi.
Talabga yo‘naltirilganlik . Ko‘pgina korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas,
tovarning iste’molchi tomonidan xaridorlik yuzasidan qabul qilinishi, deb hisoblaydilar, ya’ni gap
tovarning foydaliligi va uning narxga sezgirligi haqida boradi. Demak, narx bu holda tovarning
qiymat jihatdan sezilarli muhimligiga muvofiq kelishi kerak.
Raqobatchilarga yo‘naltirilganlik . Joriy narxlar darajasi asosida narxlarni belgilayotganda
korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga
kamroq e’tibor beradi. Bunday yondashuv ancha keng tarqalgan.
«Yetakchi orqasidan quvish» usuli . Bu holda tovar narxini belgilash bozordagi yetakchi raqobatli
muhitning narxi asosida, tovar va uning sifati, differensiatsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Mohiyatiga ko‘ra bu usul yetakchi narxga yo‘naltirilgan holda o‘z narx siyosatidan voz kechishni
ko‘zda tutadi.
O‘rtacha bozor narxlari usuli . Hisob-kitoblar «o‘rtacha bozor narxlari» bo‘yicha raqobatchilik
ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Korxona ularga mo‘ljallanib hosil bo‘lgan narx darajasida,
yuqorioq yoki pastroq narxlarni belgilashi mumkin. Buning uchun bozorda egallaydigan mavqeyi,
korxonaning obro‘-izzati asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rtacha narxdan yuqori bo‘lgan narx faqatgina
agar tovar muhim iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lsa, tovar markasi yuqori bo‘lsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Agar korxona bozorda mustahkam o‘rinni egallashga intilsa, past narxlar
amaliyotiga murojaat qilishi shart emas, chunki mazkur holda o‘z obro‘sini va u bilan birga
iste’molchilarini ham yo‘qotishi mumkin.