1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206
M.A.

Auksion bahosi
- bu 
auksionda sotilgan tovarning real bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. 
Sotib oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti bilan eng yuqori narxni 
taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, 
qimmatbaho toshlar va b.lar kabi tovarlar sotiladi. 
Birja kotirovkalari
-bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar baholari. Ushbu bozor tovarni 


hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. 
Birja tovarlari narxlari naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin bundan 
tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining o‘zgarishlari ham hisobga olinadi. 
Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan tovarlar bilan operatsiyalar 
o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar 
birjalarida faqat shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega. 
10.2.- jadval 
Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa 
Mahsulot / xizmat 
Xaridorning didi va 
istaklari 
Xaridor tomonidan qabul qilingan 
mahsulotning(xizmatning) 
qadrliligi 
NARX 
Xaridorning mahsulotni xarid 
qilishga tayyorligi 
Boshqa marketing vositalari 
Xaridorning moliyaviy ahvoli 
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborot yig‘ish va 
umumlashtirish tizimi. Narxlar monitoringi esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha 
ustama xarajatlarsiz, vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga 
muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi jarayonidagi narx va qiymat o‘rtasidagi 
muvozanat 10.2. jadvalda keltirilgan. 
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu xususiyatlar xaridorlar didiga 
qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning 
subyektiv qabul qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan har xil 
baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridorlar bir xil mahsulot uchun har xil narx 
to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning qadrliligiga marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning 
imiji, marka imiji sotish sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining 
yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda sotuvchining yutug‘i 
faqatgina xaridorning hech bo‘lmaganda sifatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi elementlaridan biri sifatida tovar, 
savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx 
samarali narx siyosatini o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniqravshan 
vositasiga aylanadi. 


Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx iste’molga oid qarorlar qabul 
qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun 
va shuningdek, ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi kunda ham 
adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat 
kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu 
munosabat bilan mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid bo‘lmagan 
raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z o‘rnini qidirib topish, tovarni, 
uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini 
kengaytirish va savdoni rag‘batlantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya 
qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga va tadbirkorning 
oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda. 
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada iste’molchilar tomonidan belgilanadi, 
sotuvchining narx sohasidagi imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi 
bo‘lgan xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu ”qurbonlik”ni tovarni 
sotib olish va undan foydalanishdan keladigan foyda bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning 
narxiga nisbatan yuqori, deb hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx bilan 
bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib olgan odam uchun qancha foydali 
bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik oqlangan bo‘ladi. Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli 
narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab, daromadlar 
darajasi, istak va mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar 
tomonidan narxlarni ruhan idrok etish omili juda muhim. 
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab (uning hajmi va dinamikasi) va 
savdoning aniq bozorida talabning har bir guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. 
Marketing bo‘yicha mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab orasidagi 
bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, shuningdek, ushbu mahsulotning turlicha 
narxiga talab qanchalik qaratilayotganini ham bilishi kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning 
narxga oid elastikligi (o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik jihatdan u egri talabning 
egilishidagi ma’lum burchak sifatida tasvirlanadi. 
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni narx qancha yuqori 
bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. Budjeti cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga 
duch kelganlarida ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib oladilar. 
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga bog‘liq. Aksincha, narx qancha 
past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho talab qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo 
hamma xaridorlar ham bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar. 
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zgaradigan talabga aytiladi. 
Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar 
mavjud bo‘lganda, xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid qobiliyati) 
xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar hajmi foizli o‘zgarishining uning narxi 
foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan chiqqan qismi sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, 
tovarning sotuvchisi unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Va aksincha, talab qanchalik 
elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga emas, boshqalarnikiga narxlarni pasaytirish 
siyosatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo hajmining va firma foydasining keskin 
oshishiga olib keladi. Narx elastikligi asosida belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini 
shakllantiradi. 


Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat darajasi oshadi, bozorning ta’siri 
esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor 
yetakchisi narxlarni hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini, 
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi o‘xshash tovarlar taklif 
qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi 
raqobatchi firmalarning o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va 
boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan belgilanadi. Taqqoslash 
raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga 
raqobatchilar tomonidan bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand qilmaslik 
firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi 
mumkin. Narx urushi bo‘shashgan (sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar 
darajasi birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i lozim. 
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi choralariga ham (hukumat 
antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu 
bozordagi soliqqa tortish tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta 
kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan kelib chiqib ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin