1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   206
M.A.

Tender asosida narxni belgilash
. Bunday vaziyatlarda korxona o‘z narxini belgilashda ushbu narx 
va o‘zining xarajatlari hamda talab ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan emas, 
raqobatchilarning kutiladigan narx takliflaridan kelib chiqadi. Korxona shartnoma tuzmoqchi 
bo‘ladi, demak, buning uchun esa boshqalar narxiga qaraganda past bo‘lgan narxni so‘rashi kerak. 
Biroq bu narx tannarxdan past bo‘lmasligi lozim, aks holda korxona o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi. Bu 
usul ehtimolli baholashni qo‘llaydi va hisob-kitoblarning quyidagi ketma-ketligini nazarda tutadi: 

shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobkitobi; 

potensial raqobatchilar tomonidan qo‘llaniladigan savdo taktikasi 
tahlili; 



korxona taklif qiladigan narx raqobatchilar so‘raydigan narxdan past bo‘lishining ehtimolini 
aniqlash; 

korxonaga maksimal foyda olib kelishi kutilayotgan narx miqdorini aniqlash; 

tender savdolarini tashkil qilish mexanizmi. 
Narxlarni shakllantirishning asosiy 
metodlari
narx siyosati «magiya uchburchagi»ning biror bir 
unsuriga urg‘u berilishi bilan farqlanadi: korxona xarajatlari, iste’molchilar baholari va raqobatchilar 
baholari. 
Xarajatli metodi 
(ustamalar metodi). Bu narx shakllanishining keng tarqalgan metodi bo‘lib, unga 
ko‘ra ushbu mahsulotning doimiy yoki o‘zgaruvchan xarajatlariga ushbu tarmoq foyda normasi 
uchun oddiy holda mos keladigan ustamalar qo‘yiladi. Masalan, tarmoq bo‘yicha qurilish firmalari 
ko‘pincha o‘z ishlarini loyiha qiymatiga o‘rtacha foydani qo‘shib baholaydilar. Bu metodning 
ommalashgani turlicha izohlanadi. Birinchidan, firma o‘z tovariga talabga nisbatan unga qilingan 
o‘z xarajatlarini yaxshi biladi. Bu ularni narxni shakllantirishda xarajatlar kalkulyatsiyasiga tayanish 
va haqiqatda ko‘rilgan zararni to‘liq qoplashga undaydi. Ikkinchidan, agar tarmoqning barcha ishlab 
chiqaruvchilari narxni shakllantirishning ushbu metodini qo‘llashsa, ularning narxi deyarli bir xil 
bo‘ladi. Ular orasidagi narxga oid bu kurash narx to‘g‘ridan to‘g‘ri talab bilan belgilanadigan 
tarmoqlar bilan solishtirilganda minimalligini bildiradi. Uchinchidan, ko‘pgina sotuvchi va 
iste’molchilar ustamalar metodi eng tuzatilgan, halol, chunki ikki tomon manfaatlariga amal qiladi 
va bir tomonning ikkinchi tomon hisobiga boylik orttirishiga yo‘l qo‘ymaydi, degan fikrni mahkam 
ushlab oladilar. Bunday narxni belgilashda (uni «harakatli narx» yoki «ustama bilan» deb atashga 
o‘rganilgan) talab darajasi hisobga olinmaydi va raqobatchilar narxining ta’siri e’tiborsiz qoldiriladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin