xarajatlar vujudga keladi. Bu tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va
yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilar
(xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p
hollarda
sotuvchilarni xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning foydasi kamayadi.
Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonuslar to‘lash sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.
To‘lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlarida yuzaga
keladi (shartnomani bajarmaslik tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini
sabab qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan muddatda to‘lashni
kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar)
narx suvereniteti mamlakatning siyosiy – iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridorlarda ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalaridan katta foyda olish qiyin.
Maqsadlar tizimini loyihalash narx menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari
maqsadlar tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual
ustuvor maqsadlardan kelib
chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi
mavjud emas. Narx siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar potensial
narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z
ichiga hamma maqsadlarni olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini
tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini korxonaning faqat marketing
yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda ham qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga
qo‘yadigan maqsadlariga: daromadlarni maksimallashtirish,
tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum
foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar kompensatsiyasi, ishlab
chiqarish ko‘lamini oshirish,
bozorga kirish, raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni
bozorga kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati uchun turg‘un va
ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilar kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish
uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z diqqatimizni
marketing maqsadlariga
qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi rivojlanishi yuqoridan pastga qarab sodir bo‘ladi.
Bunda maqsadlarning agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx xaridorlarning
narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi. Bu juda muhim, chunki oxir–oqibatda
xaridorlarning harakati narx siyosati muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan
maqsadlar tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni tashkilot mahsulotlariga ko‘niktirishga
asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.
10.3-jadval
Dostları ilə paylaş: