1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   206
M.A.

Shaxsga oid omillar. 
Hayotning yetuklik davrida har bir individ ma’lum psixologik «o‘tishlar» yoki 
«transformatsiyalar»ni boshidan o‘tkazadi. Marketologlar inson hayot siklini jiddiy o‘zgartiradigan 
holatlarga ajralish, beva qolish, qayta nikoh kabilar va ularning iste’molchilar tabiatiga ta’siriga 
alohida e’tibor qaratadilar. 
Mashg‘ulot turi va iqtisodiy ahvoli. Xaridorlarning tovar sotib olishlariga ularning mashg‘ulotlari 
turi katta ta’sir o‘tkazadi. Ishchi maxsus kiyim, oyoq kiyimi va ovqatini solish uchun konteyner 
sotib olishga majbur. Kompaniya prezidentining holati esa qimmatbaho kostyum, katta yaxta, avia 
uchishlar va shahardan tashqaridagi ustuvor klublarni taqozo etadi. Marketologlar aniq tovar va 
xizmatlarni sotib olishdan manfaatdorlarni kuzatib, ularning professional guruhlarini aniqlashga, 
kompaniyalar esa mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarishni mo‘ljallashga urinadilar. Masalan, turli 
xil kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun maqsadli segment sifatida 
menejerlar, injenerlar, huquqshunoslar yoki shifokorlar guruhlari bo‘lishi mumkin. 
Iste’molchilarning tovar tanlashiga individning iqtisodiy ahvoli juda katta ta’sir ko‘rsatadi: 
Oladigan daromadi (darajasi, barqarorligi, kelib tushish chastotasi), omonatining miqdori, qarz 
majburiyatlari, kredit qobiliyati, shuningdek, mablag‘ yig‘ish va uni sarflashga munosabati shular 
jumlasidandir. Talab xaridorlarining daromadlariga bog‘liq bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar 
aholining shaxsiy daromadlari o‘zgarishi, jamg‘armalari me’yori va foiz stavkalari kabi 


tendensiyalarni doimo kuzatib boradilar. Agar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aholi daromadlari 
qisqargani haqida guvohlik bersa, yetkazib beruvchi kompaniya mahsulot xarakterini uning narxi, 
namoyish etilishi kabilarini o‘zgartirishi mumkin, bunda tovar iste’molchi uchun avvalgidek 
qiymatga egaligini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. 
8.1-jadval Hayot tarzining inson faoliyati jihatlariga ta’siri 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin