1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   206
M.A.

Marketologlar uchun iste’molchi biznesiga yondashuv 
Marketologlar “qanoatlanmagan” iste’molchilarni topib, ular uchun alohida marketing strategiyasini 
ishlab chiqishni xohlaydi. Eng avvalo, potensial iste’molchilarni topish kerak. 
Bozorlar pul sarflaydigan insonlardan tashkil topadi! “Puli bor” insonlar bozorlarni yaratadi. 
Shuning uchun eng avvalo ishni turli regionlardagi aholi soni, ularning daromadi va boshqa 
demografik jihatlarini o‘rganishdan boshlash kerak. 
Xaridor xulq-atvorining shakllanishida boshlang‘ich ta’sirni madaniylik darajasi va uni tashkil 
etuvchi xususiyatlar belgilaydi. Madaniyat – insonning ma’naviy yetukligini, ehtiyojlari va 


atvorining vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega. Lekin madaniyat tub ma’noda, irqiy va milliy 
madaniyat bilan birlashgan tarzda uchraydi. Faraz qilaylik, yoshlarning individualligi, faolligi, 
erkinligi va yuqori martabaga bo‘lgan intilishi, yalpi madaniy jihatga ega bo‘lsa, milliylik, tarixiy 
ko‘nikma, barcha millat yoshlarida o‘zgacha xususiyatlarga ega. Madaniy jihatdan xaridorning 
amaldagi ijtimoiy mavqeyi o‘rni ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy mavqe yoki o‘rin – 
xaridorning jamiyat miqyosida tegishli kasb, mashg‘ullik va qiziqishlari, fe’l-atvorlariga ko‘ra 
tartibli tarzda shakllangan guruhlarga bo‘linishidir. Ushbu ijtimoiy guruhlarga ajratishda madaniy 
saviya, kasb, daromadlar miqdori, odatlar, qadriyatlar asosiy farqlanish belgisi bo‘lib hisoblanadi. 
Xaridorlarni o‘rganishda nafaqat daromad darajalari, shuningdek, kasbi, faoliyat turi, ma’lum 
ijtimoiy statusning mavjudligi, ma’lumoti va yashash joyi ham kiritiladi. Ijtimoiy sinflar vakillari 
turli xil tovarlar va tovar markalarini, shu jumladan, kiyim, uy mebellari, avtomobil kabilarni ham 
qo‘shgan holda tanlab olishda ma’lum umumiy ustunlikka ega. 
Xaridorning aniq tovar va savdo markasini tanlashiga madaniy va iste’molchilik sharoitidan tashqari 
referent guruhlar, oila, rollar va statuslar kabi ijtimoiy omillar ham ta’sir o‘tkazadi. Marketologlar 
maqsadli iste’molchilarning referent guruhlarini aniqlashlari, shu bilan birga ularning u yoki bu 
tovar yoki markani xarid qilishda odamlarga turlicha ta’sirlarini unutmasliklari kerak. Referent 
guruhlar (Shaxsiy kontraktda) – individga nisbatan uning qandaydir tabiatiga bevosita yoki bilvosita 
ta’sir etuvchi odamlardan iborat bo‘ladi. Odamga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi guruhlar tegishlilik 
(afzallik) guruhlari deb ataladi. Ular birlamchi (oila, do‘stlar, qo‘shnilar, ishdagi hamkasblar, 
individning a’zolar bilan o‘zaro ta’siri doimiy yoki norasmiy xarakterga ega bo‘ladigan jamoa) va 
ikkilamchi (proffesional jamoalar, diniy va kasaba uyushmasi birlashmalari asosan, rasmiy asosda 
tuzilgan: ularning a’zolari bilan odamning muloqotlari rasmiy va davriy xarakter kasb etadi) 
jamoalarga ajratiladi. 
Referent guruhlar individga hech bo‘lmaganda uch xil rakursda jiddiy ta’sir o‘tkazadilar: ular 
odamning hayot tarzi va xulq-atvorini o‘zgartirishga ta’sir etadi; individning hayotga va o‘ziga 
nisbatan tasavvurlariga ta’sir ko‘rsatadi. Referent guruhlar ayniqsa, avtomobillar, rangli televizor, 
urfdagi mebel to‘plamlari va kiyimlarining savdo markalarini tanlashda, pivo va sigaret sotib olishda 
kuchli ta’sir o‘tkazadilar. Agar tovar ishlab chiqaruvchilar va marka egalari referent guruhlarning 
kuchli ta’sirlariga duch kelib qolsalar, fikrlar liderlariga ta’sir etishning imkoni bo‘lgan metodlarini 
o‘rnatishlari lozim. 
Fikr liderlari – norasmiy suhbatda suhbatdoshiga aniq mahsulot yoki tovar kategoriyalari bo‘yicha 
mahsulot yoki axborot beruvchi individlar (qaysi markani tanlagan yaxshi yoki qaysi tovardan 
qanday foydalanish kabilarda). Fikr liderlari hamma ijtimoiy qatlamlarda ishtirok etadi, har bir 
individ ayrim mahsulotlar sohasida uni doimo sotib oluvchilar sifatida yangi xaridorlar uchun fikr 
liderlari bo‘lishi mumkin. Marketologlar ularning demografik va psixologik xarakteristikalarini, ular 
afzal ko‘radigan gazeta va jurnallarni o‘rganib, fikr liderlarini aniqlashga urinadilar. Ma’lumotlarni 
tadqiq etish asosida fikr liderlari uchun maxsus reklama murojaatlari ishlab chiqiladi. Yoshlar 
musiqasida eng yangi oqim urflar va odatlardagi yangiliklar shahar markazlarida tug‘iladi, keyin 
shahar atrofidagi o‘smirlar tomonidan o‘zlashtiriladi. “Levi Strauss” kabi kiyim ishlab chiqaradigan 
kompaniyalar moda ketidan quvuvchi (ularni kuzatib boruvchi) yoshlarni o‘ziga jalb qilishga urinadi 
va shahardagi fikr liderlarining uslubi va hayot tarzini maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘rganadi. 
Ushbu kompaniya jinsini kashf etganiga 150 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugun amerikalik o‘smirlar va 
yoshlar mashhur dizayn va markadagi kiyimlarni afzal bilganda, Levi Strauss raqobatning qanchalar 
og‘ir va kuchliligini his etdi. Kompaniya shahar hayot tarzini afzal biluvchi 1524 yoshli o‘smirlar va 
yoshlar uchun «Silvertab» markali kiyimlar seriyasini ishlab chiqdi. Integratsiyalangan marketing 


dasturi va «Silvertab» obrazi aynan mana shu guruh uchun ishlab chiqildi. 20002001-yillarda 
dasturda “xip-xop” va “ritm and blyuz” ning Fredro Star kabi yulduzlari, “Black Eyed Peas”, “City 
High va Progect C and B kabilar” ishtirok etdi. Bundan tashqari savdo markasi bilan tanishuvni 
oshirish va do‘konga xaridorlarni jalb etish uchun onlayn filmlar, o‘yinlar, tanlovlar va 
hokazolardan foydalanildi. Ushbu hamma tadbirlarning samaradorligini baholash uchun marketing 
guruhlari haqiqiy inspeksiya o‘smirlar garderobi bo‘yicha reydlar va ko‘p sonli fokus guruhlar 
tashkil etdilar. Bularning hammasi «Silvertab» ni jinsi markasi miqdori bo‘yicha jahonda 5-o‘ringa 
olib chiqdi. 
Boshqa kiyim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yosh guruhlarining boshqa segmentlariga 
mo‘ljallaganlar. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin