1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206
M.A.

Rollar va statuslar
. O‘z hayoti davomida individ ko‘plab guruhlar –oila, do‘stlar, turli tashkilotlar 


faoliyatida ishtirok etadi. Uning har bir guruhdagi pozitsiyasi bajaradigan roli va statusiga ko‘ra 
belgilanadi. Rol- bu harakatlar yig‘indisi bo‘lib, bajarilishi odamning atrofdagi o‘rab olgan 
shaxslardan kutiladi. Bajariladigan har bir rol ma’lum statusga mos keladi. AQSh oliy sudi 
sudyalarining statusi, tibbiy, savdo bo‘yicha menejerning statusi kompaniyaning oddiy xizmatchisi 
statusidan yuqori. Odatda, odamlar o‘zlarining ijtimoiy statuslarini (belgilarini) tasdiqlashi va 
mustahkamlashi kerak bo‘lgan tovarlarni sotib oladilar. Shu bois kompaniyalar prezidentlari 
harakatlanish vositasi sifatida «Mersedes», qimmatbaho kiyimlar va «Chivas Regal» viskisi 
kabilarni afzal ko‘radilar. Marketologning mahsulot va tovar markasini status belgisiga 
aylanishidagi potensial imkoniyatlarini anglay olishi o‘ta muhim. 
Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari
: yoshi va oilasi hayot siklining 
bosqichi, ishi, iqtisodiy holati, hayot uslubi, fe’l-atvori va o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga xosligi 
kabilar ta’sir qiladi. 
Yoshi va hayot sikli bosqichi
. Hayoti davomida odam turli xil tovar va xizmatlarni sotib oladi. 
Bolaga bolalar ozuqasi zarur, katta odamlar rang-barang mahsulot va taomlarni tatib ko‘rgisi keladi, 
yoshi ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt o‘tgan sari kiyimlar, 
mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did (qarash) lar o‘zgarib boradi. 
Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda, 
oilalar hayot siklining 9 bosqichi ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va 
o‘ziga xos xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchilar 
oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga olish 
kerakki, bitta uy xo‘jaligi egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz 
odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan tashqari yaqinda o‘tkazilgan 
tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik bosqichlari ham mavjudligini aniqladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin