– 18 – 38 yoshdagi ayollar uchun, mo‘ljallangan bo‘lsa, narxi -0,99 $ turuvchi otkritkalari “WARM
WISHES” (Iliq tilaklar) narxga ahamiyat beradiganlar uchun mo‘ljallangan. Tabrik sabablari
bo‘yicha bozorni segmentlashda “HALLMARK” bayram va bosqa kunlar bilan bog‘liq
tabriknomalarining turli xillarini ishlab chiqaradi, tug‘ilgan kun, bayramlar, urush veteranlari
kunidan boshlab, musulmonlarning muborak ramazon oyining tugagan kunigacha. Kompaniya
tovarlarni jalb qiluvchi rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Masalan, ”MAHOGANY” liniyasi
faqat “KWANZA” tabrik otkritkalarini ishlatmaydi, balki ”LEGACY OF GREATNESS” (ulkan
me’ros) otkritka seriyasini chop etadi, bular jamiyatning rivojlanishida ishtirok etgan afro-
Amerikaliklarga bag‘ishlanadi. Urush veteranlariga bag‘ishlangan otkritkalar seriyasi 20 xildan
ortiq, quruqlikdagi qurolli kuchlar veteranlariga, harbiy-dengiz floti, dengiz piyodalari, suv-havo va
chegaradagi himoyachilarga bag‘ishlanadi. Segmentatsiyaning bu strategiyasi tufayli
“HALLMARK” kompaniyasi o‘z daromadini 2015yilga kelib o‘tgan yilga nisbatan 10-15 % ga
oshirishni rejalashtirdi.
Raqobatga bardoshlilikni oshirishi uchun ko‘p kompaniyalar, jumladan, “HALLMARK” maqsadli
marketingni tanlamoqda. Mayda marketingni kuchaytirish o‘rniga, ular o‘z – diqqat e’tiborlarini
iste’molchilarni o‘rganishga qaratmoqdalar, bunda daromad ham yuqori bo‘ladi.
Maqsadli marketingga ko‘ra kompaniya 3 ta muhim qadamni qo‘yishi kerak.
1.
Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish, (tovarlarga nisbatan
qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni segmentlash;
2.
Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini tanlash ( bozor segmentlarini
tanlash).
3.
Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga kompaniya takliflarining foydali tomonlarini
yetkazib berish (bozorning pozitsiyalanishi). Segmentlashtirishni ko‘rib chiqish uchun oldin
ommaviy marketingni – ommaviy ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz
xaridorlarga yetkazib berishni amalga oshirishdan boshlash kerak. Genri
Ford bu strategiyadan muvaffaqiyatli foydalandi, u avtomobil “FORD-T” ni qora rangda taklif etdi.
Shuningdek, Coca-Cola kompaniyasi bir necha yildan beri o‘z ichimligini faqat sig‘imi 0,33l ml li
idishlarda sotgan. Ommaviy marketingning foydali tomoni shundaki, bunda potensial bozorning
yuqori imkoniyatlari shakllanadi. Shunga
ko‘ra, tovarlarning narxlari pasayadi, lekin ishlab chiqaruvchi foyda ko‘lamining kengayishi tufayli
yutadi. Ba’zi tahlilchi (analatik) larning fikriga ko‘ra hozirgi kunda bozorning bo‘laklarga bo‘linishi
sodir bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: