1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   206
M.A.

Nazorat uchun savollar 
1.
Strategiya nima? 
2.
Strategik rejalashtirish, deganda nimani tushunasiz? 
3.
Professional tarzda qilingan strategik marketing rejasi firmaga qaysi kafolatni beradi? 
4.
Marketing strategiyasi nima ? 
5.
Marketing rejasining asosiy vazifalarini sanab bering. 
6.
Strategik rejaning asosiy bosqichlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 
7.
Strategik rejalashtirishning komponentlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 
8.
SWOT tahlilda qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi? 
9.
Marketing strategiyasi o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi? 
10.
Raqobatli marketing strategiyalari haqida gapirib bering. 


11.
Marketing nazorati nima? 
VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH 
VA 
BASHORAT QILISH 
7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha 
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va 
xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda 
muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar 
bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari 
asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj 
sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi 
tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va 
potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra 
birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). 
Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta 
yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki 
G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. 
Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon 
bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi. 
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu 
tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining 
iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil 
etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor 
(iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga 
oladi. 
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq 
qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va 
zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor 
talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir 
korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, 
manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir. 


Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir. 
Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va 
hokazo. 
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. 
Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, 
intellektual bozor, shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga 
qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin