biri bilan bog‘liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tganda ularda o‘zgarish
ro‘y beradi. Yalpi milliy mahsulot shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi,
tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlarni
hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini
baholashda muhim o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari ichki bozor konyunkturasining
shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi
mumkin:
1.
Agar konyunkturaning o‘zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish ko‘zlansa, u holda, uning
belgilangan davrdagi dinamikasi o‘rganiladi.
2.
Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan ahvolini bilish zarur bo‘lsa, unda
tovarning bozordagi «hayotiylik yo‘li» o‘rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil
qilinadi.
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo‘jalik yoki tovar holati) bozordagi raqobat va baholar
dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida shakllanayotgan talab va taklif munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Marketing tizimi subyektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishda, narx-navoning
o‘zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar, texnologiyalarni yaratishda, bozor konyunkturasi va
iste’molchilar hatti- harakatining turli omillarga bog‘liqligini o‘rganishda turli istiqbolni belgilash
usullari qo‘llaniladi. Shuni e’tiborga
olish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida uning o‘ziga
emas, balki konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu sababli bozor
konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, har qanday bozor
konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Makroiqtisodiy omillar.
2.
Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu
sababli iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o‘rni qanday, milliy boyliklar qay
darajada qo‘llanilmoqda, degan savollarga javob topish lozim bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, taklif, narx va raqobat
kiradi.
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi.
Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha
taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Talabni
o‘rganishda diqqat avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondirilmagan talabga jalb qilinadi. Tovar
aylanish tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari bo‘yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab
o‘rganiladi, qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o‘rganish usullari
yordamida aniqlanadi.
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. Taklifni o‘rganishda avvalo tovar
manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi.
Tovar manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar ro‘yxatini
tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, yetkazib berish muddatlari va taklifning tarkibini
aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi.
Zaxiraning
hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish dinamikasi va
boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida
yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar
zaxiralirini kompleks o‘rganishga asos bo‘ladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar bozorlaridagi raqobatni tahlil
qilishda avvalo, korxonalar raqobati so‘ng tovarlar va ehtiyojlar raqobati o‘rganiladi. Korxonalar
raqobatining tahlili sotuvchilar soni, ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti,
ishlab chiqarish hajmi,
yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnika ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha
resurslar va ularning qaytim miqdori muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport-import,
shuningdek, narx-navodagi o‘zgarishlar tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bunda tovarlar
taklifi, investitsiya miqdori va tarkibiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab, korxona, tashkilotlar pul
sarfining yo‘nalishi, aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan ta’minlanish darajasi o‘rganiladi. Bozor
konyunkturasi ehtimollari ayrim
tovarlarga milliy, regional va jahon bozorlariga nisbatan aniqlanadi.
Bozor konyunkturasi oldindan ko‘ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo‘liqmaslik, bozor muvozanatini
ta’minlab borish sharti hisoblanadi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni
ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmuyi bozor konyunkturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy
ko‘rsatkichlar – talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan
ifodalanadi. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Dunyo
bozorida iste’mol mollari konyunkturasi har 9 oyda o‘zgarib turadi.
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o‘rni va ularning shakllanish xususiyatlarini hisobga olgan
holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni o‘rganishda quyidagilar
tahlil obyekti sifatida
olinadi: narxlarning barqarorligi, tovar assortimenti doirasida narxlarning o‘zgarish darajasi,
sotuvchi tomonidan narxlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tizimlarni qo‘llash, mavsumiy narxlarning
qo‘llanishi va boshqalar. Narx bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil
hisoblanadi. Uning o‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli narx tahlilida nafaqat
hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: