Bu xil xaridorlar guruhi bozor sektorini tashkil etadi (segmentini emas). Kompaniyalar bozor
segmentini tashkil qilmaydi, ularning vazifasi – segmentni identifikatsiyalash va ularning qay biriga
xizmat qilishini aniqlash.
Segment xaridorlarining talablari bir xil bo‘lib, identik bo‘lmagani bois Dj.Anderson va Dj.Narus
marketing
mutaxassislarini standart emas, balki egiluvchan bozor takliflarini kiritishga chaqiradi.
Bozor nishasida marketing
Bozor nishasi (quyi bo‘lagi) – tor guruhdagi iste’molchilar bo‘lib, ular uchun mahsulotlarning
alohida sifati muhim. Mutaxassislar nishani segment va segmentlarga bo‘lish bilan ajratadilar.
Masalan, Klivlenddagi Progressive avtomobil sug‘urta kompaniyasi ko‘p avariya qiladiganlar, mast
holda avtomobil haydab ushlanganlar uchun standart bo‘lmagan bitim tuzadi.
Bu xil bitimlar
qimmat bo‘lib, firmaga ancha pul ishlab olishga yordam beradi. Bozor nishasining jalb qiladigan
xarakterli tomonlari: nishaning xaridorlari ma’lum talablariga ega, ular o‘z talab va istaklarini
bajargan kompaniyalarga katta mablag‘larni sarf qilishlari mumkin, raqobatchi kompaniyalar mana
shu nishaga
katta ahamiyat beradilar, deb bo‘lmaydi, chunki tor doirada rivojlangan firmalar ma’lum
mablag‘larga ega bo‘ladilar. Nisha ma’lum ko‘lamga ega. Bozor segmentlari keng bo‘lib, bir nechta
raqobatchilarni o‘ziga jalb etsa, nishalar kichik bo‘lib, bir nechta firmalar faoliyat yuritadilar. IBM
kabi yirik korporatsiyalar tor doiradagi mutaxassislar nishasiga o‘tgani sababli bozordagi ma’lum
qismini yo‘qotdi, ularni “partizanlar” ham deyishadi. Nisha marketingga nisbatan himoyalanishni bir
necha yirik kompaniyalar amalga oshirmoqda. Nishaga xizmat
qiluvchi kompaniyalar odatda,
maqsadli xaridorlarni talabini qondirishga katta ahamiyat berishadi, chunki buning orqasidan ular
katta pullarga ega bo‘lishadi. Masalan, tabiiy tish pastasi “TOM’S OF MAINE” ni narxi 30%
ustamasi bilan qo‘yiladi. Chunki bu tovarlar ajoyib va ekologik toza,
foydaning bir qismi xayriya
maqsadlarida ishlatiladi. Bu esa sotuvchilarni o‘ziga jalb etadi, ba’zilarga yirik kompaniyalar
ahamiyat bermaydi. Bozor nishasi marketingining samarasi o‘sgani sari daromadi ham o‘sishi
mumkin. Internetda do‘konlar ochilishining pasayishiga kichik ma’lum nishalarga mo‘ljallangan
korxonalarning ko‘payishi sabab bo‘ldi. Tarmoqda muvaffaqiyatli nisha biznesini olib borish
retsepti: tinchlik bilan olinadigan tovarni tanlash, sotib olishdan oldin uni ko‘rish
va tekshirish shart
emas. Masalan, Stiv Uorrington 6 baravarga ko‘p foyda oladi. U internetda
(www.ostrichesonline.com) tirik tuyaqushlarni sotadi.1996-yil paydo bo‘lgan S.Uorrrington firmasi
125 mamlakatda 20 ming mijozni ta’minlab turadi.
Dostları ilə paylaş: