1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   206
M.A.

Lokal marketing 
Lokal marketing maxsus dasturlar asosida tuzilgan bo‘lib, ma’lum hududdagi iste’molchilar talabini 
qondiradi (masalan, xizmat doirasi savdo markazi yoki kichik do‘kon). Masalan, AQShning Citi 
Banki muayyan hudud aholisining demografik xarakteristikasiga qarab o‘z filiallarida turli 
xizmatlarni amalga oshiradi. Kraft kompaniyasi supermarketlarga pishloqlar assortimentini 
tanlashga va ularni yuqori, o‘rta va past oylik oladiganlar rayonlariga tarqatishga yordam beradi. 
Lokal marketing o‘suvchi tendensiyani aks ettiradi, bu og‘zaki marketing, deb ham ataladi. Bu oddiy 
iste’molchilar darjasidir. Masalan, Nike kompaniyasining boshlang‘ich muvaffaqiyati xaridorlarni 
og‘zaki marketingga jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Ular maktab komandalariga homiylik 
qilishgan, mutaxassislar bilan o‘quv seminarlari o‘tkazilgan, sport kiyimlari bilan ta’minlagan. 
Lokal, og‘zaki marketingni empirik yoki taassurotlar marketingi, deb ham atash mumkin. Uning 


yordamida tovarlarni siljitilishi faqat foyda olish emas, balki xaridorlarda katta taassurotlar 
uyg‘otishga erishildi ham. Bir sharhlovchi taassurotlar marketingini quyidagicha izohlaydi: “Asosiy 
muddao faqat sotish emas, balki namoyish etish, xaridor hayotini boyitish”dir. 
Lokal marketing tarafdorlari umummilliy reklama kompaniyalarini foydasi yo‘q, deb hisoblamoqda, 
chunki ular hududiy afzallik va ehtiyojga ahamiyat berishmaydi. Lokal marketingga qarshilar esa 
ishlab chiqarish va marketingni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Agar 
ta’minlovchi lokal ehtiyojlarni yuqori darajada e’tiborga oladigan bo‘lsa, logistika muammolarini 
hal qilishga tayyor turishlari kerak. 
Kastomerizatsiya 
Segmentning oxirgi darajasida biz “bir kishilik segment”— “kastomerizatsiyalashgan marketing” 
bilan ish ko‘ramiz. Bugungi kunda xaridorlar nimani va qanday sotib olish haqida o‘zlari jonbozlik 
ko‘rsatmoqdalar. Ular internetga chiqib tovarlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar, xizmat 
haqida ma’lumotga egalar, tovar yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, tanqidchilar bilan muloqotga 
kirishmoqdalar, hattoki, mahsulot ishlab chiqarishda ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘pgina onlayn 
kompaniyalari o‘z xaridorlariga “Choiseboard” – xizmat dasturini taklif qilishmoqda - bu interaktiv 
sistema bo‘lib, xaridorlar o‘zlari uchun tovar - xizmatni ishlab chiqishlari mumkin, bunda ular turli 
komponent, narx va yetkazib berishni tanlashlari mumkin. Buyurtma to‘g‘ri ishlab chiqarish 
sistemasiga yetkazib beriladi, u yerda “g‘ildirak” aylanishi moddiy – texnik ta’minot, yig‘ish va 
yetkazib berish boshlanadi. Dj.Vindi va A.Renujasveli “Choiceboard” sistemasi firmani 
“kastomerizatsiyalash” tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib, uning yo‘nalishi — ommaviy tovarlarning 
individual xaridor tomon moslashishini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydilar. Kastomerizatsiya iqtisodiy 
rivojlanishni va personal marketingni ham birlashtiradi, shu tufayli xaridorlar o‘zlarining 
xohishlariga qarab tovar va xizmat qilishni ishlab chiqishlari mumkin. Firmaga endi xaridor va 
ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotning keragi yo‘q. U faqat ishlab chiqarish vositalarini “arendaga 
topshiradi”, kerakli “platformani” va ishlab chiqarish qurollarini ham beradi. Kompaniya 
kastomerizatsiya qilish orqali alohida xaridorlar talabini qondirsa, shundagina u 
kastomerizatsiyalashgan hisoblanadi. Kastomerizatsiya hamma kompaniyalarga to‘g‘ri 
kelavermaydi, avtomobilsozlikda bu prinspga amal qilish juda qiyin. Kastomerizatsiya tovarning 
narxini iste’molchiga ma’qul kelgan narxdan bir necha barobarga ko‘tarishi mumkin. Ba’zi 
xaridorlar hattoki, o‘ziga kerakli bo‘lgan tovarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaguncha bilmaydilar. 
Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng xaridorlar o‘z buyurtmalarini 
o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib 
kelinmoqda. Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va oynali eshiklar 
ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniya. U diler va sotib oluvchilar uchun o‘z 
mahsulotini interaktiv elektrokatalogini ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer 
oynaning konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin. Shu tizim tufayli Andersen 
Windows ishlab chiqarish jarayonini byurtma qilishga moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar 
zaxirasining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin