1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206
M.A.

Iste’mol bozori
- bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka 
shaxslar va oilalar majmuyidan iborat bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning 
xilmaxilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida, ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda 
foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori,
deganda boshqa 
tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va 
shaxslarning majmuyi tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalaniladigan 
mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan 
xarakterlanadi. 
Davlat tashkilotlari bozori,
deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni 
sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi. 
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor tushunchalari mohiyatini yaxshi 
bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho yordamida resurslar taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy 
o‘rinda turadi. 
Bozor – tovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisidir. 
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo‘lgan bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti 
asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi 
bo‘lib yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa undan ancha ilgari 
yuzaga kelgan. 
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish uchun to‘planadigan maxsus joy. 
Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. 
Xaridor bilan sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari ko‘p. Ularning uchrashishida yoki bozor 
munosabatlarida baho mexanizmi markaziy o‘rinda turadi, u talab va taklifni muvozanatga keltiradi. 
Talab va taklifning o‘zaro ta’siri, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish bu uzluksiz 
jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi iqtisodiy kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir. 
EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchiligini his etish tuyg‘usidir. 
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, milliy, estetik, geografik 
joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz bo‘lishi 


mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson o‘zi uchun 
eng muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi. 
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan ehtiyojini pul bilan ta’minlab 
qondirilishidir. 
XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni. Bu jarayonda ayirboshlash va 
bitim operatsiyalari amalga oshiriladi. 
BITIM – ikki tomon o‘rtasida ular uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatni sotish va sotib olish 
operatsiyasidir. 
AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan narsani ikkinchi tomonga 
boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 
10 tonna kartoshkani ayirboshlash. 
Bozorning umumiy holatini o‘rganish zamonaviy marketing tamoyillaridan biridir. Bozorni 
o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud vaziyatda uning holatiga (konyunkturasiga) baho berish va 
bozorning rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. Marketing faoliyatida bozorni 
o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat masalasini, ijtimoiy 
mahsulotni bozor konyunkturasiga bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan 
iqtisodchi olim Jan Batist Sey o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor konyunkturasini 
tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” (o‘yinchilari) orasidagi 
ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini 
modellashtirishni, aniq muhitni o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va ilgariga 
harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin