Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. Nazorat–marketing sohasida
holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, uzluksiz tekshirish va baholashdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra
nazorat me’yorlarni va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit sharoitlarining tez o‘zgarishi,
bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga
olib keldi.
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
•
maqsadlarga
erishish darajasini belgilash;
•
yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
•
korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga qanchalik mos
kelishini aniqlash.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmatlarini tashkil qilish marketingga
tayangan boshqaruv tizimini yaratishga imkon beradi.
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni
sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini
tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil
qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar,
assotsiatsiyalarning ishlab
chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.
Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; - foydalilikning nazorati va
marketing xarajatlari tahlili; - strategik nazorat va marketingning taftishi.
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari
bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar,
ularning
assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari,
savdo
xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati
rivojlanishining asosiy muammolari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar,
marketing tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi.
Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning
makro va mikro muhiti, marketing
xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx,
reklama, xodimlarni o‘z ichiga oladi.
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning malakasi, nazorat vazifalarining
murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning ixtisoslashuviga
va marketing
nazoratining alohida birligini yaratishga ehtiyoj ortib boradi.
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin.
Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing
nazoratini uch turga bo‘lish mumkin:
1.
Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.
2.
Daromad nazorati.
3.
Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning hamma ko‘rsatkichlarga
chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, iste’molchilar bozori tahlilini
o‘zida aks ettiradi.
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani bozorga
yondashtirishni tanqidiy
baholash uchun kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: