1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   206
M.A.

Maqsadli segmentlarni tanlash.
Segmentlash tahlil qilib bo‘lingach, keyingi vazifa bozorni 
qamrab olishning qaysi strategiyasini tanlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, firmaning tovar 
siyosatini belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
Firma 
«differensiallanmagan marketing»
strategiyasini tanlar ekan segmentlarni tahlil qilishning 
ustunliklaridan foydalanmay, bozor segmentlari o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir 
butun, deb qaraydi. U ko‘proq xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga emas, balki ular 
o‘rtasidagi umumiy tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. Ushbu standartlashtirish strategiyasining 
ahamiyati ishlab chiqarish xarajatlari hamda zaxiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan 
iborat. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya qilish tobora qiyinlashib 
bormoqda, chunki bir tovar yoki marka barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan-
kam hollarda yuz beradi. 
«Differensiallanmagan marketing»
strategiyasiga ko‘ra firma bozorni to‘liq qamrab olish 
strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar 
yordamida qamrab olinadi. AQShdagi «Djeneral Motors» (General Motors) firmasining yondashuvi 
shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini 
reklama qilar edi. O‘zbekiston bozorlarida ARTEL firmasi differensiallangan marketing 
strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotining 
barcha tarmoqlarida individuallashgan mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z 
individual narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha segmentlarda 
ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda katta bozor ulushini egallab olishni 
mo‘ljallashi mumkin. Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab olishni 
ko‘zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish 
va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarur. 
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keng imkoniyatidir. Bubirinchi navbatda tovar 
taqsimlashda diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin