yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina
talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday
bozordagi
sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga
bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
•
sotuvchi va xaridorning katta miqdori;
•
differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;
•
bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.
Sof raqobatda
talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.
Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi firma birinchi bo‘lib narxlarni
o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa, yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!»
prinsipi
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga zarar
keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor.
Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning soni kamroq joyda –
raqobat kam
yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri. Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning
bozordagi jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi
kuzatiladi, shuning uchun ushbu raqobat
bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: