1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Marketing tizimi tashqi muhit omillarining xarakteristikasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206
M.A.

Marketing tizimi tashqi muhit omillarining xarakteristikasi 
OMILLAR 
ASOSIY TAVSIFLARI 


Tabiiy 
Resurslarning rivojlanish darajasi, ekologik normativ va ko‘rsatkichlar, 
davlat tomonidan atrof-muhitning muhofaza qilinishi, energiya, yoqilg‘i 
va boshqa resurslardan foydalanishni tartibga solish 
Demografik 
Aholi soni, strukturasi, zichligi, tug‘ilish koeffitsiyenti, o‘lim, migratsiya 
ko‘rsatkichlari 
Iqtisodiy 
Iste’molchilarning moliyaviy ahvoli, sotib olish qobiliyati, moliya - 
kredit ko‘rsatkichlari, iqtisodiy konyunktura va inflatsiya darajasi. 
Soliq tizimining mukammalligi, narx- navo siyosati. 
Huquqiysiyosiy 
omillar 
Qonunchilikning rivojlanish darajasi, aholini ijtimoiy himoya qilishning 
qonunlari, tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlash, bozor mexanizmlarining 
qonuniy asosda joriy etilishi v a h.k. 
Ilmiytexnikaviy 
Iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida fan - texnika taraqqiyotining rivoji va 
moddiy - texnika bazasining holati, xususiylashtirish va 
innovatsiyajarayonlarining rivojlanganligi. Iqtisodiy va texnik 
xavfsizlikko‘rsatkichlari. 
Ijtimoiymadaniy 
Aholining bozor ko‘nikmalariga va mentalitetiga ega ekanligi, 
iste’molchilarning madaniyati va milliy axloqiy darajasi, tashkiliy va 
iste’mol madaniyatining shakllanganligi 
Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari 
malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va 
qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi 
aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli 
aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun 
zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada 
bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli 
tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va 
filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining 
o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va 
intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. Firmaning potensial xaridori 
qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish – aniqlay olishi muhim. Aholining 
to‘lovga qodirlik talablariga ko‘plab omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi, 
ish haqi miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek, daromadlarning aholining 
turli xil guruhlari orasida taqsimlanish strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir 
tekisda bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun bozorning 
ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy ahvolidan kelib chiqishi kerak. 


Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 
atrof-muhitni muhofaza qilish global masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. 
Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois juda katta 
muammolar kelib chiqadi, shuning uchun ular ilmiytadqiqot va qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi 
firmalar faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma 
faoliyati uchun zarur resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan 
shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat nazorati ostiga o‘tmoqda va 
firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga olishlari zarur. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Har 
qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib chiqarishi bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar 
va ishlab chiqarishlar jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini aniqlash va 
muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa
turli xil malakalar va ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning ahamiyati ortadi. 
Siyosiy omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ (me’yoriy) 
hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning 
xarakteri va shuningdek, turli xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun 
bozorni to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy qonunchilik doirasida 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam 
beradi. Davlat tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan, qonunga bevosita 
amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy bajarish maqsadga muvofiqligini 
anglab yetishlariga yordam berishdir. 
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) 
belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, 
an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga 
qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga 
yo‘naltirishdan iborat. 
Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish 
imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari 
faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ular mikro muhitning 
hamma omillarini hisobga olishlari lozim. Firmaning makro muhiti uning mikromuhitining keng 
(hamma) elementlari 
(unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan ifodalanadi. 
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy kuchlardan shakllanadi. 
1.Aksariyat mol yetkazib beruvchilar. 
2.
Firma. 
3.
Marketing bo‘yicha vositachilar. 


4.
Mijozlar. 
5.
Raqobatchilar. 
6.
Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin