1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Firma faoliyati haqida axborotlar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206
M.A.

Firma faoliyati haqida axborotlar 
3.2-rasm. Marketing aloqalari tizimi 
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va omillarning o‘zaro ketma - ketligi 
va bog‘liqligi ko‘rsatilgan. 
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u: 

marketing muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi

marketing strategiyasi va korxonaning umumiy strategiyasini moslashtirish imkonini beradi; 

tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamay- 
tiradi; 

marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi; 

raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning har qanday subyektiga 
bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida aniq axborot zarur. 
O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga yaqin ma’lumotlar banki 
mavjud bo‘lgan. Bunda marketing axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar 
shug‘ullangan. 


Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam yig‘ib borish marketing bo‘limining 
muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti 
tizimi doirasida taqsimlanadi. 
Marketing axborot tizimi (MAT)
– marketing qarorlarini tayyorlash, qabul qilish uchun zarur 
bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan 
xodimlar, uskuna va amallar jamlanmasidir. 
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi 
manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, 
sotuv hajmi, jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun amalga 
oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy 
tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi. 
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z vaqtida taqdim etilganligi va 
davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi. 
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill 
Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil 
qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar 
majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga 
javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga 
kelgan yangi talab bo‘lsin. 
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi. Oddiy 
kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi 
ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI 
asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli 
katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan 
mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin