1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206
M.A.

Konversion marketing – 
bozorda mahsulot iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaganda, xaridor 
uni inkor qilganda qo‘llaniladi. Bu marketing turi iste’molchining tovarga bo‘lgan salbiy 
munosabatini o‘zgartirishga va bu tovarga qiziqish orqali unga talabni uyg‘otishga harakat qiladi. 
Masalan, ilk bor avtomat kir yuvish mashinasi “Vyatka” ishlab chiqarilib sotuvga chiqarilganda 
unga talab bo‘lmagan, iste’molchilar esa qanday qilib avtomat ravishda kir yuvishiga ishonch hosil 
qilmagani uchun uni xarid qilmaganlar. Bunday sharoitda marketologning vazifasi inkor etilgan 
tovarga nisbatan talabni shakllantirishdan iborat. Toshkentning markaziy univermagida 70 - yillarda 
bu mashinani ishlash jarayoni iste’molchilarga namoyish etilgan va bunday tag‘ribotdan so‘ng sotuv 
hajmi ko‘paya borgan. 
Rag‘batlantiruvchi marketing – 
talabning pasayib ketishida qo‘llaniladi. Sotuvda qo‘llaniladigan 
rag‘batlar, narx chegirmalari, reklamaning keng berilishi natijasida talab ko‘tarilishi kutiladi. 
Ma’naviy eskirgan tovarlar, mavsumiy tovarlarga shunday tadbirlar qo‘llanadi. 
Rivojlanuvchi marketing – 
yashirin talab darajasida qo‘llanadi. Bunday marketingning vazifasi 
yashirin talab darajasini aniqlash, potensial bozor hajmini baholash, samarali tovarlar ishlab chiqib, 
yashirin talabni real talabga aylantirishdir. Iste’molchilarning mavjud tovarlardan qoniqmaganlik 
darajasini yangi tovarlar va mukammal tovarlar ishlab chiqib real talabni shakllantiriladi. 
Remarketing
– talabning keskin pasayib ketishi davrida qo‘llanilib, bu marketing tadbirining asosiy 
maqsadi pasaygan talabni tiklash. Buning uchun eslatuvchi reklama, mahsulotning yangi 
xususiyatlarini ishlab chiqish bajariladi. 
Sinxromarketing
– mavsumiy tovar va xizmat turlariga talabning o‘zgarishi davrida qo‘llaniladi. 
Egiluvchan narxlar, boshqa segment iste’molchilariga o‘tish, sotuvni rag‘batlantirish, mavsumiy 
talab tebranishlarini silliqlashga yordam beradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin