nazorat turlarida inobatga olinadi. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida
baholanadi:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, savolning mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda savol bo’yicha xulosaga ega
deb topilganda - 90-100 (a’lo) ball;
- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi,
savolning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda savol
bo’yicha tushunchaga ega deb topilganda- 70-89,9 (yaxshi) ball;
- talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, savolning mohiyatni tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda savol bo’yicha tasavvurga ega deb
topilganda - 60-69,9 (qoniqarli) ball;
- talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, savolning mohiyatini tushunmaydi
hamda savol bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 0-59,9 (qoniqarsiz)
ball bilan baholanadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari fanidan talabalar
bilimi va kompetentsiyalarini aniqlash uchun quyidagi nazorat shakllaridan
foydalaniladi:
1. Og’zaki shaklda (suhbat, seminar mashg’ulotlarida ma’ruza qilish, og’zaki
savol-javob va boshq.).
2. Yozma shaklda (testlar, nazorat so’rovlari, nazorat ishlari, referatlar va h.k.).
3. Og’zaki-yozma shaklda (referat tayyorlab, og’zaki himoya qilish va boshq.).
4. Texnik shaklda (elektron testlar va boshq.).
Dostları ilə paylaş: