• * * -— .. .,}„ *
*■'. • I Individlar bir tekis tarqalganda, mevali daraxtlar bog‘da o‘tkazilgandek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo‘ladi. Yetilgan o‘rmonlarda baland daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga to‘g‘ri keladi.
Tasodifiy tarqalishdaindividlar bir-biridan har xil masofada joyiashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan bir xil muhitda uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar to‘da hosil qilih bir-biridan turlicha masofada joylashadi. Guruhli tarqalish-notekis muhit ta'siri natijasida, ya'ni muhitning ayrim bo‘limlarida qulay sharoit bo‘lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan bnga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir.
Hayvonlar populyatsiyasining etologik(hulqiy) hatti-harakati tuzilmasi. Hayvonlar hulqiy hatti-harakati qonuni\atlarini o‘rganadigan fan - etologiya (yunoncha -«ethos» xarakter) deb ataladi.
Bitta populyatsiya a'zolari orasidagi o‘zaro munosabat tizimiga -populyatsiyalarning etologik tuzilmasi deyiladi.
Organizmlaming butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uehramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz bo‘lsa ham kontaktda (birga yashashida) bo‘lishi mumkin. Masalan: xon qizi faqat urug‘lanish oldidan erkak va urg‘ochisi (oqarama-qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir-biridan alohida yashaydi.
Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning birgalikda yashashining qator shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo‘lishi mumkin.
Nasl qoldirish uchun qayg‘urish natijada oila deb atlmish hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalanga poda, gala va koloniya bo‘lib yashash kiradi.
Koloniya - o‘troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko‘payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo‘lib hayot keehirish-oilaviy
49 guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko‘payish. himoya. o‘zii va bolasini boqish va boshqa funksiyalarni bajaradilar
Galalar- bir turga kiruvchi ba'zi guruh hayvonlarining biron-bir biologik ihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish. ozuqa topish, migratsiyalar kabi funksiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Gala bo‘lib yashash baliqlar. qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi.
Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda. qushlamiki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi. Otroq holda yashovchi qushlar o‘rtasida doimo tovush chiqarib tunsh. ko‘rish bilan bog‘liq signallar mavjud.
Bo‘rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi.
Podalar-galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo‘lgan barcha funksiyalarni. ya'ni ozuqa topish. yirtqichdan saqlanish, migratsiya. ko‘payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning uruhli hulqiy hatti-harakatlari «hukmdor» va «itoatkor» asosida o‘zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi har bir individ rahbarga itoat etgan holda harakat qiladi. Mustaqil ish topshiriqlari.
Yashab turgan joyingizdan. tabiatdan biror-bir o‘simlikdan gerbariy namunalarini yig‘ing. Aniqlagich orqali shu o‘simlikning nomini aniqlang. Har bir namunada o‘simlikning yoshi holati aniqlandi. Shundan so‘ng gerbariylarni yoshi holati bo‘yicha ketma-ket qo‘yib chiqing. Ish daftaringizga mavjud yosh holatlarini qisqacha yozib olish va uni sxemali ko‘rinishda chizib olish bilan ish yakunlanadi.
Manba: Rabotnov T.A. Metodo‘ opredeleniya vozrasta i dlitelnosti jizni u travyanisto‘x rasteniy. V kn. Polevaya geobatanika. T.ll.1960, Izd.AN SSSR.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vo‘sheyshaya shkola».1983.155-186 b.
2. RMChernova, AMBo‘lova. Ekologiya. M'»Prosveheniye». 1988.106-148 b.
3. A.S.To‘xtayev.Ekologiya. T.«o‘qituvchi» 1998. 74-83 b.
10-ma'ruza. Populyatsiyalar dinamikasi.(2soat) Asosiy savollar:
lPopulyatsiyaning dinamik tasnifi.
2.o‘sishning eksponensial va logistik modellari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Tug‘ilish, o‘lish. emigratsiya,immigratsiya,o‘sish tezligi, biopotensial. eksponensial o‘sish,
logistik o‘sish.
1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Populyatsiyalarning mahsuldorligi, tug‘ilish, nobud bo‘lish, hayotchanlik, emigratsiya va imniigratsiya tushunchalarni talabalarga tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 1 I Tuzilish, nobud bo‘lish kabi tushunchalarni farqlay oladi. 1.2.Yashovchanlik(hayotchanlikning) egri chiqizlari ma'nosiga yetadi. 1 3Populyatsiya sonining o‘zgarishi nimalarga bog‘liqligini tahlil qila oladi.
l-asosiy savolning bayoni: Populyatsiyalarning dinamik tavsifini - tug‘ilish, mahsuldorlik. nobud bo‘lish, hayotchanilk. emigratsiya va immigratsiya kabilar belgilaydi.
Tug‘ilish va mahsuldorlik.
Tug‘ilish ko‘payish tezligini miqdoriy jihatdan tavsiflovchi, ya'ni vegetativ yoki generativ yo‘llar bilan ko‘payishidan qafiy nazar populyatsiyada yangi hosil bo‘lgan individlar sonini
50 bildiradi. Populyatsiyada individlar sonining ortishi tug‘ilish hisobiga ortibgina qolmay, balki immigratsiya tufayli, ya'ni boshqa populyatsiyalardan individlarining kelib qo‘shilishi hisobiga ham o‘zgaradi.
Tug‘ilish tushunchasi populyatsiyaga nisbatan ishlatiladi. Individlarga nisbatan mahsuldorlik tushunchasi ishlatiladi. U ma'lum vaqt oralig‘ida paydo bo‘lgan yangi tug‘ilgan individlar sonidir.
Hayoti davomida ko‘payish davri soniga qarab monotsiklik va politsiklik turlar farqlanadi.
Monotsiklik-xususiyat, odatda hayoti qisqa vaqt davom etadigan turlarga xosdir.(may qo‘ng‘izi, losos baliqlari, boshqa hasharotlar).
Politsiklik rivojlanishida esa. turlar bir mvsumda bir necha marta nasb beradi. Bu ko‘pincha umurtqali hayvonlarga va qator umurtqasizlarga, masalan qisqichbaqasimonlarga xosdir.
o‘simliklarda mono va polikarp turlarga bo‘linadi. Ular hayoti davomida bir marta va ko‘p marta ko‘payadi. Individlarning serpushtligi ham muhim ahamiyatga ega. Serpushtlilik ko‘pchilik hollarda parvarish qilishga yoki tuxumning oziqa moddalar bilan ta"minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Qushlarda tuxum qo‘yish baliqlardagi kabi min*gtagacha o‘zgarmaydi. Ular bittadan 20-25 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Ular bolalarini boqish uchun ko‘plab energiya yo‘qotadilar. Kichik qushlar uyasiga bir sutkada 100 marta oziqa olib keladilar. Masalan: qizilqum chumchug‘i-200 marotabadan ko‘p: katta chittak -400, sayroqi qush-600 marotabagacha uyasiga oziqa olib keladi. Agar iryap^qTryjjgan tuxumlar odatdagidan ko‘p bo‘lsa, jo‘jalar to‘yib oziqlana olmaydilar, ya'ni oziqa yetarli bo‘lmaydi va uning hayotchanligi past bo‘ladi. Agar populyatsiyalarda serpushtlik yuqori bo‘lsa, ularning nobud bo‘lishi ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun populyatsiyalarda serpushtlilik yuqori bo‘lsa, ularning umumiy ko‘payishi past bo‘ladi.
Nobud bo‘lish (o‘lish). Nobud bo‘lish populyatsiyada individlarning o‘lishini tavsiflaydi. Ekologik. nobud bo‘lish deganda, ma'lum sharoitda individlaming nobud bo‘lishi tushuniladi. Bu ko‘rsalkich tashqi muhit va boshqa omilar ta'sirida o‘zgarib turadi.
^Jobud bo‘lishdan tashqari populyatsiyada individlar sonining kamayishiga emigratsiya ta"sir-qiladi. Emigratsiya muayyan bir populyatsiyalardagrindividlarning boshqa populyatsiyaga chiqib*ketib, jadal ko"payishi va individlarning yuqori zichligi natijasida kelib chiqadi.
Populyatsiyadagi sonlarning umumiy o‘zgarishi 4 ta holat hisobiga amalga oshadi: tug‘ilish, o‘lish, turning emigratsiyasi, immegratsiya. Populyatsiya sonining o‘zgarishiqtug‘ilishQ immigratsiya-o‘ lishQemigratsiya.
Populyatsiyada individlarning o"lishi ko‘pgina sabablar orqali sodir bo‘ladi: turning genetik va fiziologik lo‘liqligi, muhit sharoiti, noqulay omillar la'siri, yinqichlar, parazillar, kasalliklarning ta'siri. Tajribada, populyatsiyalarda o‘lishning qanday borishini bilish uchun yashab qolish egri chizig‘i chiziladi.
Tabiatdagi ko‘pchilik turlar uchun o‘lim-yosh organizmlarda ularning hayotining erta davrlarida -voyaga yetganlarga qaraganda doim yuqori bo‘ladi. Ko‘pgina baliqlarda voyaga yetgan fazagacha qo‘yilgan ikraning 1-2% gina yashab qoladi. Hasharotlarga qo‘yilgan tuxumdan-0,3-0,5% gina.
Insonlarda ham uzoq vaqtgacha yosh bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan-tibbiyot rivojlanishi bilan, o‘lim biroz kamaygan. Bu esa avlodlar yashovchanlik egri chizig‘i tipining o‘zgarishiga olib keladi va yer yuzi aholi sonining ortishiga, ya'ni «demografik portlashga» olib keldi.
o‘lim 3 ta tipga ajratiladi:
1-tipiga-butun hayot davomida bir xildagi o‘lim kiradi, yoki bir tekis nobud bo‘lishi kuzatiladi u eksponensial egri chizig‘i bilan ifodalanadi. Bunday tipdagi o‘lim juda kam uchraydi, ya'ni butun hayoti davomida nisbatan kam nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bu grafikda boshlanish va generatsiyaning nol miqdoridan boshlab bir tekis to‘g‘ri chiziq hosil qiladi.
2-tipi-rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida yuqori o‘lim bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklarning maksimal halokati-urug‘ning va o‘simtaning unib chiqish bosqichi ro‘y beradi. Hayvonlarda esa-lichinka fazasi va yosh holatida kuzatiladi. Bunday populyatsiyalarda o‘lish egri chizig‘i vertikal o‘q bo‘yicha boshidayoq keskin pasta tushib ketadi. Voyaga yetgan shakllari ancha himoyalangan va chidamli bo‘ladi.
51 3-tipi-katta yoshdagi ayniqsa qari turlarda yuqori halokat bilan xarakterlanadi. Agarda bitta generatsiyadan hosil bo‘igan individllr o‘zlarining biologik yosh chegarasigacha yashab. keyin qisqa vaqt ichida o‘ladigan bo‘lsa, bu ideal holat hisoblanadi. Bu populyatsiyadagi eng kam nobud bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Avlodlar sonining vaqtga bog‘liqligini ifodalaydigan bunday egri chiziq dastlab gorizontal o‘qga parallel holda boradi, keyin esa tez pastga egilib tushadi.
Tabiatda ayrim turlarning nobud bo‘lishi unga maTum miqdorda yaqin bo‘lishi mumkin: Masalan, ayrim hasharotlarda - qo‘ng‘iz, yirik sut emizuvchilarda kuzatiladi. Bu tipga hozirgi inson populyatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bunday populyatsiyalarda tuming o‘rtacha hayotining davom etishi yuqori bo‘lib, maksimumiga yaqinlab qoladi.
Populyatsiyadagi individlaming tug‘ilishi bilan nobud bo‘lishi o‘rtasidagi farq hayotchanlik deb qaraladi.
Yuqorida aytilgan o‘limning 3 tipi asosida yashovchanlik. hayotchanlik egri chizig‘i chiziladi.
Yashovchanlik egri chiziqlarining 3 xili (E.Makfeden bo‘yicha. 1965)
l-II- Yashovchanlik egri chiziqlari. 1. - Gidro va ba'zi qushlar, sut emizuvchiiarga xosdir.
2. -Yirik, ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar. baliqlar, qushlaming ayrim turlarida kuzatiladi.
3. -Yirik sut emizuvchilar, odam populyatsiyasiga xosdir.
2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Biopotensial, o‘sishning eksponensial va logistik modeli haqida tushuncha berish. Populyatsiyalar o‘sishining bu modellarining mohiyatini ochib berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
2.1. Biopotensial mohiyatini tushunib yetadi.
2.2. o‘sishning eksponensial va logistik modeli nimadan iborat ekanligini biladi va
farqlay oladi.
2-asosiy savolning bayoni.
Biotik potensial.
Agar tashqi muhit omillari uni cheklab qo‘ymasa, har qanday populyatsiya ilmiy jihatdan olganda tabiatda sonining cheksiz o‘sishiga moslashgan. Bunday gipotetik holatda populyatsiya o‘sish tezligi tur uchun xos bo‘lgan faqat hayotiy potensial kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tushuncha ekologiyaga 1928 yilda R.Chepmen tomonidan kiritilgan. Biotik potensial maTum vaqt birligi ichida bitta juftdan olinadigan avlodlarning nazariy maksimumini, masalan yil davomida yoki hamma hayotiy davr davomidagisini aks ettiradi. Biotik potensial hisolanganda u koeffitsent r bilan belgilanadi. Populyatsiyaning maksimal o‘sishi N, ma"lum bir vaqtdagi populyatsiyalarning soni t, populyatsiyaning boshdagi soni-N0 bo‘lsa.
U holda bundan
N - populyatsiya soni
No-populyatsiya sonining dastlabki davrlari.
Nt- qandaydir bir vaqtdagi soni.
Har xil turlarda biotik potensial kattaligi har xildir. Masalan. hayoti davomida urg‘ochi asalari - 50 ming tuxum. baliq(ayrim turlari) 3 milliardgacha ikra qo‘yishi mumkin. Bu turlaming biopotensiali aslida bundan ham yuqori. Agarda hamma avlodlari saqlanib qolsa, har qanday populyatsiyaning soni maTum bir vaqt intervalidan keyin geometrik progress bcrHicha oshishi mumkin edi. Mana bunday populyatsiyalaming o‘sishi ko‘rsatidigan egrichiziq cheksizlikka ketishi mumkin Bunday egri chiziq-eksporersional deyiladi.
Populyar sonining cheklovi omillar ta'sirsiz o‘sishi eksponensial o‘sish deb qaraladi. Eksponensial o‘sish kuyidagi tenglama bilan ifodalanadi;
N, q N0 ert
52 Hksponensial o‘sish organizmlar soni ortishining potensial imkoniyatini tavsiflaydi. R.N.Chepman uni biotik potensial deb atagan.
Tabiatdagi populyatsiyalarnig biotik potensiali hech qachon to‘liq o‘zlashtirilmaydi. Uning kattaligi odatda populyatsiyada tug‘ilish va o‘lish orasidagi farq bilan ifodalandi; r q v- d bu yerda, populyatsiyadagi bir vaqtning o"zida -v- tug‘ilgan, d- o‘lgan organiz soni.
Grafik arixmetik shaklida Nt j- simon chizish bilan ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lib, uning etilishi populyatsiyaning potensial o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy populyatsiyalarda eksponensial o‘sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bundan populyayatsiya umuman juda katta tezlik bilan o‘sadi. Fitoplanktonlarning yalpi ko‘payishi natijasida vuqoridagi o‘sish kuzatiladi.
Cheklovchi tasnqimuhit sharoitda ko‘pchilik tirik organizlar uchun populyatsiyalar sonining logistik o‘sishi xosdir . 1845 yil Ferxyulst ko‘rsatib berganidek, uning grafik ifodasi S-simon. ya'ni j-simon egri chmqqa nisbatan anchcha siniq ko‘rinishda bo‘ladi. Populyatsiyaning logistik o‘sish dastlab sekin boradi. kcyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit ta'ziqi, ya'ni noqulay ta'sir etuvchi omillar tufayli tug‘ilishiga nisbatan nobud bo‘lish ortadi. Natijada populyatsiyaning o‘sishi pasayadi. MaTum vaqtdan so‘ng barqaror muvozanat qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muit resurslari nisbati to‘g‘ri kelganda muvozanat kuzatiladi.
Populyatsiyalar dinamikasining ba'zi turlari
A.-j-simon eksponensial o‘sish egri chizig‘i;
B. S - simon logist egri o‘sish chizig‘i.
M va K. -soni o‘zgarishining quyi va yuqori chegaralari.
Populyatsiyalarning o‘sishini ikki omil boshqaradi.
1. Organizlaming tug‘ma qobilyati. yani maksimal tezlik bilan ko‘payishi(biopotensial). 2. Muhitning ta'ziqi. ya'ni u biopotensial bilan amaldagi o‘sish tezligi o‘rtasidagi farq ko‘rinadi.
Muhitning ta'ziqiy-o‘z ichiga tiklanadigan (suv, joy va b) resurslarni oladi Mustaqil ish topshiriqlari oldingi mavzuda berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. V.A.Rakevich.Ekologiya.Minsk.»Vo‘sheyshaya shkola» 1983 155-166 b
2 NMChemova, A.m. Bo‘lova. Ekologiya. M.»Prosveheniye»,1988 148-166b.
3 A.S. To‘xtayev. EkoIogryaT. «o‘qituvchi» T 1998 83-89b.