Mavzu.' Jamoa'ar haqida ta'limot Biotsenozlar. (2 soat) Asosiv savollar
1. Biotsenoz haqida tushuncha. Biotsenozning tuzilmasi. 2. Biotsenozda organizmlarning bir-birlari bilan bog‘lanishlarining asosiy tiplari- turning ekologik o‘rni haqida. 3. Biotsenozda organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlar 4. Suksessiya jarayoni. Mavzuga oid tavanch ibora va tushunchalar; Biotsenoz, fitoyenoz. Zootsenoz, landfasht, epifitqvatlilik. fizionomiyasi, davriylik,xayot shakli, bioton,dominat, edifikator, subdominant, ekonisha. topik trofik, forik. fabrik.mutalizm,komonslizm, yitqichliik, parazitlik. neytralizm,antibioz, raqobatliik, amensalizm, mutalizm-simbioz. protokoopersiya. epifit,epifil, suksessiya,klimaksli jamoa, birlamchi, ikkilamchi suksessiya.
l-asosiv savol bo‘vicha o‘qituvchining maqsadi; Biotsenoz tushunchasi haqida, uning xillari to‘g‘risida tushuncha berish. Biotsenoz tuzilmasa haqida tushuncha hosil qildirish.
Identiv o‘quv maqsadlari; 1. biotsenoz tushunchaning ma'nosiga yetadi.
2. Fito-va zootsenoz tushunchalarni farqlaydi.
3. Biotsenoz tuzilmalarini so‘zlab beradi.
1-asosiv savolning bavoni; Bizga ma'lumki, tabiatda o‘simlik va xayvonlar odatda jamoa holida yashaydilar.
Jamoa deganda-rivojlanishining turli bosqichlarida bo‘lgan, bir guruh organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushiniladi. Bunda ular o‘zaro munosabatlarda bo‘ladilar.
Tirik organizlarning bir-biriga o‘zaro tasiri muxitning biotik omillari deb qarasa, ularning atrofini o‘rab olgan barcha tirik organizlar biotsenotik muhitni tashkil qiladi. Har bir tur normal hayot kechirish uchun u yakka xolda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda xayot kechiradi.
Demak. «biotsenoz» ( lotinchcha «bios»-xayot, «chenoz» umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan va bir joynin o‘zida birga yashaydigan barchcha organizmlar tushiniladi. Butermin nemis biologi Miyobius (1877 y) tamonidan berilgan.
Agarda bir qancha tur o‘simlik birgalikda qavm bo‘lib yashashsa- fintotsenoz (o‘simliklar jamoasi). agar bir qancha tur xayvonlar birgalikda qavm bo‘lib yashashiga - zotsenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi.
Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo‘lishi mumkin; cho‘l kabi yirik ladshaftlarni; daraxt tanasfbotqoqliklardagi moxlardan iborat do‘ngiliklar, chumoli uyasi va boshqa uchun mikrojamoa biotsenotik guruxlar kabi atamalar ishlatiladi.
Biotsenozning katta-kichikligi har hil bo‘lishi mumkin: Oddiy lishaynik do‘ngligidan tortib to o‘rmon, dasht, cho‘l kabi yirik landshaftlarni; daraxt tanasi. botqoqliklardagi moxlardan iborat do‘ngliklar. chumoli uyasi va boshqa uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar ishlatiladi.
Biotsenoz egallab turgan muhit-biotop deyiladi, biotop-biotsenozning yashash muhitidir. «Bios» - hayot; «topos» - yashash joyi demakdir. Biotsenoz tuzilmasi. Biotsenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo‘lib o‘rganiladi.
Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori, ulaming fenologik holati va hokazo e'tiborga olinadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi - jamoaning shakllanishi davrida bu yerdagi turlar har hil holatda joy oladilar. Ayrim turlar - tuproqda. uning yuzasida suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit), barglarida (epifil) yopishib yashashi mumkin, tarqalishi mumkin. Buning natijasida fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq
yuzasiga nisbatan har hil balandlikda qavatma-qavat joylanishi lushuniladi. Gidrofit jamoalarida qavatlilik suv yuzasi, suv qatlami va yer ostidagi suv zamin kabi ko‘rinishlarga ajratiladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik o‘rmonlardagi biotsenozlar turlarga boy bo‘lsa, qurg‘oqchilik va sovuq joylardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi.
Maydon birligiga to‘g‘ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to‘yinganligi deyiladi.
Yuqorida ta'kidlaganidek, o‘simlik jamoasi deyilganda bir xildagi muayyan uchastkalarda guruh bo‘lib yashayotgan tuban va yuksak o‘simliklar yig‘indisi tushuniladi.
Har qanday o‘simlikla>jFitotsenozni tashkil qilishda o‘^imliklar orasida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil qiluvchi yoki ko‘zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur dominant(hukmron) tur deyiladi. Demak. ular miqdor jihatdan ko‘p uchraydi. Ular asosan organik massa to‘plovchi hamda fitotsenozning fonini va xarakterini belgilaydi.
Masalan; qarag‘ayzor o‘rmonlardagi oddiy qarag‘ayni, o‘rta osiyo tog‘larining archazorlaridagi archaning bir necha turlarini, saksovulli cho‘llarida esa saksovul va boshqa o‘simliklarni ko‘rish mumkin.
Edifikator-turlar esa - jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo‘lib, fitotsenozning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, o‘zbekistonning qumli cho‘llarida daraxt ko‘rinishidagi edifikator tur - oq saksauldir.
Dominant turlarga nisbatan kamroq uchraydigan. ammo fitotsenozda maTum ahamiyatga ega bo‘lgan turlar-subdominant turlar deb ataladi.
Biotsenozning ekologik tuzilmasi turli biotsenozlar tirik organizmlarining ma'lum ekologik guruhlari nisbati bilan tavsiflanib. bu uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi.
o‘xshash ekologik tuzilmaga ega bo‘lgan biotsenozlar har hil turlar tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Chunki u yoki bu ekologik o‘rni, ekologiyasi o‘xshash turlar tomonidan egallangan bo‘lib, turlari qarindoshlik nuqtai nazardin yaqin emas, balki ular biotsenozlarda bir xil funksiyalarni bajaruvchi vikar turlar deyiladi. Tabiatda ekologik vikarlik keng tarqalgan.
Biotsenozning ekologik tuzilmsi maTum iqlim va landshaft sharoitlarida qonuniy ravishda shakllanadi. Masalan, turii mintaqalardagi biotsenozlarda fitofaglar bilan saprofaglar nisbati qonuniy ravishda o‘zgaradi. Biotsenozning kologik tuzilmasi hamjamoalardagi o‘simlik va hayvonlarning biror-bir abiotik omilga qarab ekologik guruhlar nisbatini ham bildiradi. Quyidagi jadvalda ko‘l va cho‘l biotsenozlaridagi n amlik omili bo‘yicha o‘simliklarning ekologik guruhlari nisbati keltirilgan^
Ko‘l biotsenozi
Cho‘l biotsenozi
Gidrofitlar
Gidatofitlar
Gigrofitlar
Sklerofitlar Kserofitlar Sukkulentlar
biotopning maTum darajada fizik-kimyoviy xususiyatlarini tavsiflab beradi.
2-asosiy savol bo‘yieha o‘qituvehining maqsadi:
Turning ekologik o‘rnini talabalarga tushuntirish. V.N.Beklemishev tasnifiga ko‘ra ekonisha xillarini bayon etish.
Identiv o‘quv maqsadlari /
2. LEkonishaning manosiga yetadi.
2.2.Bog‘lanishIarning-ekonisha xillari orasidagi farqlami biladi. 2-asosiy savolning bayoni
Biotsenozda organizmlar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘ladilar. Bu bog‘lanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ulaming orqatlanish yo‘llarini belgilaydi.
Jamoada har bir turning o‘zaro aloqasi, tashqi muhitga bo‘lgan talabi, ta'siri - shu tuming ekologik o‘mi yoki ekologik nishasi deyiladi.
55 Turning ekologik o‘rni tushunchasini fanga D.Grinell kiritgan bo‘lib, u rruTlum bir tuming bareha abiotik va biotik omillar majmuiga bo‘lgan munosabati, ya'ni hamjamoada tutgan o‘niini ko‘rsatadi.
Ekotizimdagi tuming faoliyati asosan oziqlanishdan iborat bo‘lgani uchun ekologik o‘mini-ozuqa o‘mi deyish ham mumkin.
Hayvonlar orasida o‘simliklarga nisbatan ekologik o‘rin yaxshi ifodalanadi. Ammo biogeotsenozlarda o‘simliklar ham ekologik o‘ringa ega. o‘simliklarda ekologik o‘rinlarga ajratish belgilari quyidagilar hisoblanadi: turning har hil balandlikda bo‘lishi, ildizlaming tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlatuvchining xilma-xilligi va hokazo.
Dashtdagi biotsenozlarda yirik va mayda sut emizuvchilar o‘t o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo‘ylar, antilopalar, saygaklar) va kemiruvchilar (sugurlar, yumronqoziqlar, sichqonsimonlaming ko‘pchilik vakillari). Bularning hammasi biotsenoza bitta funksional guruh, yani o‘txo‘r hayvonlarni tashkil qiladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simlik massasini iste'mol qilishda ulaniing roli bir xil emas ekan. balki ular oziqlanishi uchun o‘simlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to‘yimli, nisbatan baland bo‘yli o‘simliklarni yulib oladi. Shu yerda yashovchi sugurlar tuyoqlilarning ketidan ular yemagan siyrak va ezilgan o‘tlami iste'mol qiladi. Yumronqoziqlar esa tuyoqlilar, sugurlardan qolgan o‘simliklarni yig‘adilar. Shunday qilib, hamjamoa hosil qiluvchi shu uch guruhda o‘txo‘r hayvonlar o‘rtasida o‘simliklar qoplami biomassasidan foydalamshda funksiyalarning bo‘lib olinishi kuzatiladi. Ushbu hayvonlar o‘rtasida raqobal ko‘rinishidagi munosabatlar kuzatilmaydi. Chunki ular o‘simliklar qoplamining turlicha tarkibidan foydalanadi.
V.N.Beklemishev bo‘yicha ekologik o‘rin(ekonisha) to‘rt toifaga bo‘linadi; trofik, topik. forik va fabrik.
Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur biian oziqlamshida namoyon bo‘ladi.
Topik aloqa bir tur tomonidan ikkinchi tuming yashash sharoiti o‘zgartirilishida namoyon bo‘ladi. Daraxt tanasida lishayniklarning yashashi, o‘mionlardagi daraxtlar tomonidan shu yerlarda o‘suvchilar hayotiga ko‘rsatiladigan ta'sirlarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi.
Forik aloqa bir tuming tarqalishiga ikkinchi turning ta'sir etishida ko‘rinadi. Ko‘pchilik hayvonlar tomonidan o‘simlik urug‘ va mevalaming tarqalishi bunga misoldir. Bunda hayvonlar asosiy - tashuvchi rolini o‘ynaydi. Hayvonlar yordamida o‘simliklarning urug‘, sporalari va changlarining tarqalishi mumkin. Bunga - zooxoriya deyiladi. Boshqa mayda hayvonlaming tarqalishiga esa - foreziya deyiladi.
Fabrik aloqa esa bir turning o‘ziga in qurish uchun boshqa tuming qoldiqlandan foydalanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, qushlar in qurish uchun daraxt barglari, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning jun va patlaridan foydalanib in quradi.
3-asosiy savob bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Jamoada turlar orasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni tushuntirish va mohiyatini yoritib berish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 3.1 .o‘zaro munosabat xillarini biladi. 3.2.Ular orasidagi farqlarni anglab yetadi 3.3.Biotik aloqa turlari ta'siri natijalarini gapirib bera oladi. 3-asosiy savolning bayoni:
Tirik organizmlar birgalikda yashar ekan, ularmng o‘zaro turlicha biotik aloqalarda bo‘lishi ham tabiiydir. Bunday aloqalar natijasiga ko‘ra u yoki bu organizm uchun ulaming foydali yoki zararli ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Agarda aloqalar ikkita organizmdan biriga foydali bo‘lsa Q belgisi, aksincha. zararli bo‘lsa-belgisi bilan, har ikki organizm uchun befarq bo‘lsa 0 (nol) bilan belgilanib, biotik aloqalarni quyidagicha turkumlash mumkin (jadval - 2).
56 Jadval-2
Biotik aloqa turlari