1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə37/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari



Biotik aloqalarning turlari

A
Organizmga ta'sir
natijasi

B
Organizmga
natijasi

ta'sir

1

Ncvtralizm

0

0




2

Raqobat-konkurensiya

-

-




3

Amensalizm

0

-




4

Paraziizm-tekinxo‘rlik

Q

-




5

Yirtqichlik-xishnichestvo

Q

-




6

Kommensalizm

Q

0




7

Mutalizm

Q

Q




8

Antibioz

0

-




9

Protokoopcratsiya ^~--~~

Q

Q




'
2-3 turlari salbiy ravishdagi o‘zar ta'sir.
6-7-9 ijobiy ravishdagi o‘zaro ta'sir.
4-5 ikkala turga kiritish mumkin.
Yuqorida keltirilgan jadval asosida biotik aloqa turlarini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
LNeytralizm. lkki turning birga yashashida ular bir-birlariga na salbiy na ijobiy ta'sir ko‘rsatadi yoki aytish mumkin - na foyda yoki na zarar ko‘radi.
Masalan: o‘rmonda kiyik va olmaxon birga yashab, bir-biriga dcyarli aloqasi yo‘q. Lekin o‘rmonlaming qurg‘oqchilik natijasida zararlanishi yoki zararkunandalar bilan zararlansa bu har bir tur uchun bir xil darajada bo‘lmasa ham ta'sir qiladi.
2.Raqobat - konkurensiya. Ozuqa va yashash joyi yaqin bo‘lgan turlar o‘rtasidagi munosabatdir.
«K.onkurere» - lotincha qochish, ya'ni bir xil sharoitda yashab raqiblik qiluvchi organizmlardan biri - bu konkurent hisoblanadi.
Bir xil sharoitda yashagan ikkita tuming bittasi ertami yoki kechmi siqib chiqariladi. Bu umumiy ekologik qoidalardan biri hisoblanadi va konkurcntlik qonuni deyiladi.
Ch.Darvin - konkurensiya yashash uchun kurashning asosiy qismlaridan biri deb asoslagan va u turlar ekolyutsiyasida katta rol o‘ynashini ko‘rsatgan.
Konkurensiyada tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashgan turlar yengib chiqadi.
Raqobat turlar ichida va turlararo bo‘lishi mumkin. Turlar ldiida kurash kuchli bo‘lib, uning asosida tabiiy tanlash va tur hosil bo‘lish kabi jarayonlar yotadi.
3.AmensaIizm. Ikki turning birga yashashi bittasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, ikkinchisi esa na foyda, na zarar ko‘radi. Lekin daraxtning o‘zi uchun uning qo‘shnichiligi ahamiyatsizdir, farqsizdir. Bu hol ko‘pincha o‘simliklarda uchraydi.
4.Parazitizm-tekinxo‘rlik. Bunda bir organizm ikkinchi tirik organizmdan faqat ovqat manbai sifatidagina emas. balki doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi. oziqlanadigan joy sifatida foydalaniladi. Bir tur( parazit) ikkinchi organizmdagi (xo‘jayin) ozuqa moddalar yoki uning to‘qimalari hisobiga hayot kechiradi. Parazitning tashqi muhit bilan aloqasi asosan xo‘jayin orqali amalga oshadi. Ular uchun qulaylik doimo mo‘l ozuqa bian ta'minlaganligidadir. Bu o‘z navbatida tex o‘sishga va ko‘payishga sabab bo‘Iadi. Parazitlar o‘z xo‘jayinini o‘ldirmasdan, faqat uni holdan toydiradi.
Parazitlar: endo - va ekto - (ichki va tashqi) parazitlarga bo‘linadi.
Endoparazitiar - organ, to‘qima, ho‘jayralarda yashaydi.
Ektoparazitlar -xo‘jayin tana yuzasida (kana. bit. burga, chivin) yashaydi.
o‘simliklar orasida - to‘liq va chala parazitlar ajratiladi. Chirmovuq va shumg‘iyalar to‘liq parazit hisoblansa. omela, pogremok, ochankalar chala parazit, ya'ni o‘zi mustaqil holda fotosintez qila oladi, lekin suv va mineral moddalami xo‘jayin o‘simlikdan oladi.
57
5.Yirtqichlik. Organizmlar o‘rtasida keng tarqalgan biotik munosabatlaming muhim bir turi -yirtqichlik hisoblanadi. Bunda bir tur ikkinchi bir tumi yo‘q qiladi, ya'ni yeb qo‘yadi. Yirtqichlik faqatgina hayvonlarda kuzatilibgina qolmay, balki o‘simliklarda ham sodir bo‘ladi. Bu hashoratxo‘r o‘simliklarda ham sodir bo‘ladi. Masalan, hashoratxo‘r o‘simliklardan nepetens, aldrovanda, rosyanka va boshqalarning hashorotlarga bo‘lgan munosabatlarida yaqqol ko‘rinadi.
Yirtqichlik va tekinxo‘rlik asosiy ekologik roli shundan iboratki: Birinchidan, oziqlanish jarayonida hayvonlar bir-birlari bilan oziqlanib, tirik organizmlar modda aylanishi uchun zarur sharoit yaratadUkkinchidan. hayvonlaming soni ma'lum miqdorda saqlanadi. Masalan: AQSh da Arizona shtatida kiyiklami saqlab qolish uchun, bo‘rilaming hammasini yo‘q qilishadi. Natijada kiyiklar soni ko‘payadi, ammo u oziqlanadigan o‘simliklarning yo‘qolishi bilan ovqat yetishmay qoladi hamda kiyiklar ham halok bo‘la boshlaydi.
Demak, tabiatda kiyiklar ham, bo‘rilar ham, o‘simliklar ham ma'lum bir muvozanatda saqlanib turilishi kcrak.
Yirtqichlar-birinchidan populyatsiya uchun foydasiz turlar, ya'ni kasallangan, qari kuchsiz turlar bilan oziqlanadi. Ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lganlarni yeyishmaydi. Kasallik tarqatuvchilarning sonini va kasallik tarqalib ketishini kamaytiradi, ya'ni sanitarlik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, hamma turlami ycydiganlari bor bo‘lib, bu bilan qurbonlar populyatsiyasining o‘sish potensiali keskin buziladi.
6.Kommensalizm. Ijobiy ravishdagi o‘zar ta'sirning eng oddiy tipidir. Organizmlaming biri qandaydir foyda ko‘rib bu hol ikkinchi organizm uchun uncha zarar keltirmasa - kommensalizm turidagi aloqa kelib chiqadi.
o‘simliklarning epifit hayot kechirishi, yirik sut emizuvchi hayvonlar tomonidan maxsus ilashuvchi o‘simtalarga ega bo‘lgan meva va urug‘laming tarqalishi, akula tensiga yopishib olib undan qolgan ozuqa qoldiqlari bilan oziqlanib hayot kechiruvchi pnlipala balig‘i. nepetens o‘simligining ko‘zachasi ichida shirasi bo‘ladi, bu shirada, kuzachaning ichida ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydl. Ular ko‘zachaga tushgan hashorotlaming lichinkalari bilan ovqatlanadi.
7.Mutalizm. Organizmlar orasidagi aloqalar har ikkala organizm uchun foyda keltirsa-mutalistik munosabatlar kelib chiqadi. Har ikki organizm uchun foydali hisoblanan bunday o‘zaro munosabatlar simbiotik munosabatlar deb qaraladi. Masalan; lishayniklar tanasidagi suv o‘tlar bilan zamburug‘lami, dukkakli o‘simliklar ildizida yashovchi tuganak bakteriyalami gulli o‘simliklar va zamburug‘ gifalarining birgalikda hayoti kabilami olish mumkin.
Hayvonlar olamida esa molyuska chig‘anog‘iga kirib, ichida yashovchi qisqichbaqani, chumoli iniga kirib yashovchi ba'zi qo‘ng‘izlami, chumoli va o‘simlik bitlarini olish mumkin. Hayvonlar va o‘simliklar orasida esa hayvonlaming o‘simliklarni changlatishda ishtirok etishi va meva hamda urug‘lami tarqatishi kabilar kiradi.
8.Antibioz. Bunda bir organizm ajratgan zaharli moddalaming ikkinchi organizmga ta'sir etishi tushuniladi. Masalan, bakteriya, zamburug‘ldaming turli xil suyuq holdagi intibiotik moddalami ajratishini aytish mumkin. Bu moddalar ta'sirida o‘sish to‘xtaydrBakteriyalarni qiradigan bunday moddalar fitonsidlar deb ataladi.
9.Protokooperatsiya. Bunda ham ikkala organizm o‘zaro ta'siridan foyda ko‘radi. Masalan, dengizdagi krablar va kovakichaklilar.
Kovakichaklilar krablaming yelkasiga yopishib oladi (ayrim hollarda krablaming o‘zlari ulami yelkasiga «o‘tqazib» oladi) Kovakichaklilar krabni dushmanlardan himoya qiladi, chunki ulaming otuvchi hujayrasi bo‘ladi va o‘z nasbatida esa krablardan ovqat oladi va transport sifatida foydalanadi.
Umuman olganimizda, turlar orasidagi salbiy va ijobiy o‘zaro tasir tabiatda bir-birini tenglashtirib turadi. hamda bu ikkala o‘zaro ta'sirining tiplari turlaming evolyutsiyasi va ekologik tizim turg‘unligida teng miqdorda muhimdir.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin