1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida asosiy tushunchalar. Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini hamda bu qonunlarning texnikaning turli soxalariga tatbiq etilishini o’rganuvchi fan


Tezlik va sarfni o’lchash usullari hamda asboblari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə17/31
tarix04.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60624
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida

Tezlik va sarfni o’lchash usullari hamda asboblari

Suyuqlik sarfini va tezligini o’lchashning eng oson usuli hajmiy va og’irlik usullaridir.

Hajmiy usulda suyuqlik tekshirilayotgan oqimdan maxsus darajalangan idish (menzurka)ga tushadi. Idishning to’lish vaqti sekundomer yordamida o’lchanadi. Agar idishning hajmi V, o’lchangan vaqt T bo’lsa, hajmiy sarf quyidagiga teng bo’ladi:


(22)
Oqimning harakat kesimi ma`lum bo’lsa, uning tezligi (22) formula bilan aniqlanadi.
Og’irlik usulida biror idishga oqimdan suyuqlik tushuriladi. Uni tarozida tortib, idishdagi suyuqlikning og’irligi G topiladi. Idishning to’lish vaqti T bo’lsa, og’irlik sarfi quyidagiga teng:
(23)
Suyuqlikning hajmiy sarfi og’irlik sarfini solishtirma og’irligiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:

Bu usullar, albatta, kichik miqdordagi sarflarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Katta sarflarni o’lchash uchun esa katta o’lchov idishlari kerak bo’ladi. Ikkinchidan, truboprovod va kanallarga sarfni yuqoridagi usul bilan o’lchashda oqimning tuzilishi o’zgaradi va natija katta xatolar bilan chiqadi. Shuning uchun, ko’pincha, truba va kanallardagi sarf boshqa usullar bilan o’lchanadi.
Venturi suv o’lchagichi maxsus trubadan suv o’tishiga asoslangan bo’lib, tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo’q (10- rasm). Venturi suv o’lchagichi talabga qarab vertikal yoki gorizontal joylashtiriladi. Uning gorizontal holdagisini ko’ramiz.

10 - rasm. Venturi suv o’lchagichi:
1,2- katta diametrli trubalar, 3- torayuvchi truba (konfuzor),
4- kengayuvchi truba (diffuzor), 5- kichik diametrli patrubok,
6,7- p’ezometrlar.
Venturi suv o’lchagichi ikkita bir xil diametrli 1 va 2 truba bo’laklaridan tashkil topgan bo’lib, ular diffuzor 3 va 4 hamda kichik diametrli patrubok orqali tutashtirilgan. Konussimon torayib boruvchi truba 3 ning kichik diametrli truba bilan tutashgan joyida qarshilikni kamaytirish uchun silliq tutashtiriladi. Bunday tutashtirilgan trubalar soplo deb ataladi. Uning 1-1 va 2-2 kesimlariga p’ezometrik naychalar o’rnatilgan bo’lib, ular shu kesimlardagi bosimlar farqi h ni ko’rsatadi. Truba gorizontal bo’lgani uchun demak, 1-1 va 2-2 kesimlari uchun Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi:

bundan

lekin
bo’lgani uchun

Uzluksizlik tenglamasi (23) ga asosan

u holda

bundan 2-2 kesimdagi tezlikni topamiz:
(24)

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin