1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida asosiy tushunchalar. Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini hamda bu qonunlarning texnikaning turli soxalariga tatbiq etilishini o’rganuvchi fan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə20/31
tarix04.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60624
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida

Nazorat savollari
1.Gravitatsiya hodisasi qanday sodir bo’ladi?
2 Laminar harakati bilan trublent harakati bir biridan qanday farq qiladi?
3 Suyuqlik harakatining 2- turini qaysi olim va qachon aniqlagan.
4 Silindrik trubalardagi oqim uchun Reynolds soni qanday hisoblanadi?
5 Notsilindrik trubalar va o’zanlardagi oqimlar uchun chi?
6 Nyuton kriteriyasi deb nimaga aytiladi?
Tayanch iboralar
Gravitatsiya, Reynolds, Reynolds soni, laminar harakati, turbulent harakati, o’tkinchi tartib.model, natural simplekslar, o’xshashlik kriteriylar,Nyuton kriteriylar.
12-Ma’ruza.Quvurlada hosil bo’ladigan qarshilik kuchi . Quvurlardagi g’adir – budirlik .Darsi –Veysbax tajribasi.

Trubalarning g’adir- budurligini aniqlash ancha murakkab ish bo’lib, hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida ekvivalent g’adir-budurlik э degan tushuncha kiritiladi. э trubalarni gidravlik sinash yo’li bilan aniqlalanadi. Bunda gidravlik yo’qotishni hisoblashda absalyut g’adir-budurlik uchun shunday qiymat olinadiki, u haqiqiy g’adir-budurlik uchun hisoblangan gidravlik yo’qotishga teng bo’ladi.


Bularni hisobga olish maqsadida o’xshashlik qonunlarini qanoatlantiradigan va oqim gidravlikasiga g’adir-budurlikning tasirini to’laroq ifodalaydigan nisbiy g’adir-budurlik tushunchasi kiritiladi va u absalyut g’adir-budurlikning truba diametriga nisbatiga teng deb olinadi:

Nisbiy g’adir- budurlikdan foydalanish trubalardagi ishqalanish qarshiligini hisoblashda ancha qulaydir.
Darsi koeffitsenti ning Reynold’s Re sonining ortishiga qarab qanday o’zgarib borishini yuqorida, Nikuradze grafigi asosida ko’rib chiqdik. Ko’rib o’tgan sohalarda ning o’zgarish qonunini empirik formulalar bilan ifodalashda juda ko’p aftorlarni ishlari bor. Masalan, silliq trubalar sohasida Blazius, P. K. Konanov va L. Prandtl formulalaridan foydalaniladi. Blazius formulasi :

Bu formula Reynol’ds soni Re < 105 bo’lganda tajribalarga yaxshi mos keladi. Reynol’ds sonining kattaroq diapazonlari (Re ning 3.106 gacha miqdorlari) uchun P. K. Konanov formulasidan foydalanish mumkin.

1932-yili L. Prandtl quyidagi formulani keltirib chiqaradi:
.
Keltirgan formulalar silliq trubalar uchun chiqarilgan bo’lib, g’adir-budur trubalar uchun ulardan foydalanib bo’lmaydi. 1938- yil Kol’bruk o’zining va boshqa olimlarning tajribalari asosida texnik trubalarni hisoblash uchun turbulent tartibning barcha zonalariga umumiy bo’lgan formulasini taklif qiladi:
.
Bu formulani g’adir-budur trubalarning kvadratik qarshilik sohasi yoki qatiy turbulentlik sohasi uchun soddalashtirsak, g’adir-budur trubalar uchun Prandtl formulasi ko’rinishiga keladi:

Kvadrat qarshilik sohasi uchun eng ko’p tarqalgan formulalardan biri Nikuradze formulasi hisoblanadi:

Turbulent tartibning barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi va hisoblash ishlarida qulayroq formulani A. D. Altshulning keng sohasi uchun tajribalarga asoslandi va taklif qilindi:
.
Turbulent harakat ustida olib borilgan tajribalar ishqalanish qarshiliging
Solishtirma energiya propartsianal ekanligini ko’rsatadi, ya’ni

Bu formuladagi propartsianallik koeffitsenti bir qancha miqdorlarga bog’liq bo’lib, uni tekshirish uchun quydagi xulosadan foydalanamiz.
Juda ko’p tajribalar miqdorining tezlik bosimi yoki solishtirma kinetik energiya orqali ifodalanilishini ko’rsatadi:

Bu tenglik bilan taqqoslanganda:

Ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu yerda ekanligini hisobga olib, tekis barqaror harakat uchun uzunlik bo’yicha ishqalanish tufayli bosimning pasayishi topiladigan formulani olamiz:

Bu yerda l- trubaning uzunligi; R- gidrvlik radiusi. Silindrik trubalar uchun D=4R ekanligini hisobga olsak, oxirgi formula quydagi ko’rinishda yoziladi:

Formula Darsi-Veysbax yoki qisqacha Darsi formulasi deb ataladi. Bu formulaga kiruvchi koeffitsentga gidravlik ishqalanish koeffitsenti yoki Darsi koeffitsenti deyiladi.
Suyuqlik trubalarda harakat qilganda turli to’siqlarni aylanib o’tish uchun energiya sarflaydi. Ana shu energiyaning sarflanishi suyuqlik bosimining pasayishiga sabab bo’ladi. Sarf etiladigan energiya trubadagi turli to’siqlarning soniga va turlariga bog’liq.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin