1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari, kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari, kompyuterlarda qo‘llanilgan protokollar, ilovalar va texnologiyalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix25.10.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#66249
1   2   3   4   5   6
1-Ma\'ruza (1)

 
 
 
 
Tarmoqlar tasnifi 
Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy 
ta‘minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintakaviy va lokal 
(maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni 
qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va 
aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi. 

Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, 
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha 
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km 
ni tashkil etadi. 

Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 
80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday 
tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori 
tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha 
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal 
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson 
soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan 
kabel. 
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km 
gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar 
tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 

Tarmoqning dasturiy ta’minoti. 
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan 
o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy 
ta‘minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda 
ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Xozirda shunday 
dasturiy ta‘minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin