3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq,
ma'lumot uzatish va h.k)
Hisoblash
texnikasi
vositalarining
rivojlanishi,
ayniqsa
shaxsiy
kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb
nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining
yaratilishiga olib
keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik
tayyorlash
tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish
tizimlari,
idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng
qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini
boshqarishning
murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot,
qishloq
xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda.
Umuman olganda, tarmoq
- kompyuterlar,
terminallar va boshqa
qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro
bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab
beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq -
(LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir
korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi.
MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari
va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan
va ularga umumiy disk
xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar
bilan
almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.