sababli ko’pincha taxlillarda bu vaziyat ko’rilmaydi.
-
Eng og’ir holat.
Bunda kirish ma’lumotlari algoritm bajarilishi uchum eng yomon holatda bo’ladi
va juda sekin bajariladi. Eng og’ir holat tahlilda muxim hisoblanadi,
chunki bu
algoritm bajarilishi uchun ketishi mumkin bo’lgan maksimal vaqtni tasavvur
qilishimizga sabab bo‘ladi. Misol uchun, qidirilayotgan element tuzilmaning oxirgi
elementi bo’lsa, uni toppish uchun barcha solishtirishlar amalga oshiriladi.
-
O’rtacha holat.
Bunda algoritmning o’rtacha ishlash imkoniyatini beruvchi kirish ma’lumotlari
to’plami olib qaraladi.
Ma’lumotlar tuzilmalari ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
1.
Ko’rikdan o’tkazish (traversing) - tuzilma elementlariga 1
martadan
murojaat qilish amali.
2.
Kiritish – tuzilmaga yangi element kiritish amali.
3.
O’chirish – tuzlmadan bironta elementni o’chirish amali. Bunda element
shunday o’chirilishi kerakki, qolgan elementlar stabil holatda bo’lishi
kerak, ya’ni ayrim tuzilmalarda nosozlik sezilishi kerak emas.
4.
Qidirish – tuzilmadan bironta elementni joylashgan o’rnini aniqlash amali.
5.
Saralash – elementlarni ma’lum bir tartibda joylashtirish amali.
6.
Birlashtirish (merging) – ikkita tuzilmani birlashtirish amali.
Dostları ilə paylaş: