Olcha sharbati.Olcha sharbati asosan etsiz, tindirilgan va shirinlashtirilgan, ba’zan tabiiy, shuningdek etli va qand siropi qo‘shilgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
Sharbatning turi va tovar naviga qarab quruq modda miqdori 11-20%, kislotalilik - 0,6-2,4% oralig‘ida me’yorlanadi. Et miqdori 40%-gacha bo‘lishi mumkin.
Qayta ishlash uchun griotlar (moreli) guruhi olchalari ishlatiladi. Ularning sharbati och rangli, rangsiz mevalari qayta ishlashga qabul qilinmaydi.
Tabiiy sharbat ishlab chiqarish uchun olchaning SHpanka, Vladimirskaya, Prusskaya, shirinlashtirilgan sharbat ishlab chiqarish uchun – Podbelьskaya, Anadolьskaya, Lyubskaya, Maydyuk, Vorobьyovskaya kabi navlari bo‘lgani maqsadga muvofiq.
Olcha yuviladi, inspeksiyalanadi va ikki valetsli qurilmada 6-8 mm zazorda maydalaniladi. Olchaning chaqilgan danaklari miqdori 20%-dan oshmasligi kerak. Olchaning danaklarida amigdalin moddasi mavjud. U sharbatga achchiq bodomning yoqimli hidini beradi. Ammo amigdalin odam organizmida gidrolizlanib zaharli sinilь kislotasini chiqaradi.
Siqishga olcha dumchalari bilan keladi, ular pressda drenaj qiluvchi vazifasini bajaradi.
Olcha sharbati o‘z-o‘zini yaxshi tindiradi. U sutka dvomida sovuqda tindiriladi,ssentrifugalanadi, isitiladi, qand siropi bilan aralashtiriladi, fil’trlanadi va mayda taraga qadoqlab konservalanadi. Olcha sharbati mavsum oralig‘ida qayta ishlanish uchun YATM ko‘rinishida ham tayyorlanilishi mumkin.
Olcha sharbatiga ko‘p miqdorda qand siropi qo‘shiladi. Xom ashyodan unumli foydalanish uchun presslash-ekstraksiyalash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Presslashda qolgan qoldiqqa 1:1 nisbatda suv qo‘shilib aralashtiriladi va presslanadi. Ekstrakt kupaj tarkibiga qo‘shiladi.
Olxo‘ri sharbati.Olxo‘ri sharbati tindirilmay etli va etsiz, tabiiy ko‘rinishda qand siropi qo‘shilib ishlab chiqariladi. Sharbatda quruq moddalar miqdori (10-16%), kislotalilik (0,3-1,5%), et miqdori (30%-gacha) me’yorlanadi.
Vengerka navli siyohrang olxo‘ri hamda Izyum-Erik, Kirke, Niagara, Yirik ko‘k, shaftolili, renklod navlaridan yaxshi sifatli sharbat olinadi.
Meva ishlab chiqarishga tayyorlanadi, masalan etsiz sharbat ishlab chiqarishda, albatta, sharbat chiqishini ko‘paytirish ishlovlari ham beriladi: butun olxo‘rilar suv yoki bug‘da blanshirlanadi, maydalanganiga esa ferment preparatlari yoki elektr toki bilan ishlov beriladi.
Etsiz tabiiy sharbat olish uchun olxo‘ri 1-4 daqiqa lentali shparitelda bug‘ bilan isitiladi. Ushbu ishlovdan so‘ng olxo‘ri yumshayishi kerak, ammo ezilishi kerak emas, aks holda keyingi bosqichda presslashda ular tamoman ezilib ketadi va sharbat bermaydi.
Olxo‘rini presslashning rejim va texnikasining o‘ziga xosligi mavjud.
Paketlar qatlamining qalinligi uncha katta bo‘lmasligi, aniqrog‘i 2-3 olxo‘ri qatlamining qalinligiga teng bo‘lishi kerak.
Paket uchun orasi siyrak material – qop materiali ishlatiladi.
Presslash juda ehtiyotkorlik bilan, qisqa “silkitishlar” bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun nasos bir necha soniyaga yoqiladi so‘ngra o‘chiriladi, sharbat oqishiga imkon beriladi. Bosim tez ko‘tarilganda olxo‘ri eziladi va sharbat berish to‘xtaydi.
Siyohrang navli olxo‘rilarni presslaganda chiroyli to‘q malina rangli sharbat oqadi, olxo‘rining och rangli navlaridan – sariq qahrabo rang sharbat chiqadi.
Sharbat teshiklari diametrlari 0,75 mm bo‘lgan to‘r tagli sirqitgichda ajratiladi va separatsiyalanadi. Sharbatning nisbatan qovushqoq eganligini hisobga olib u matoli fil’trda fil’trlanmaydi. Och rangli olxo‘ri sharbati siyohrang olxo‘ri sharbati bilan (70-80):(30-20) nisbatda kupajlanadi.
Kupajlangandan so‘ng texnologik jarayonning oxirgi operatsiyalari bajariladi.
Etli olxo‘ri sharbatini ishlab chiqarish boshqa tur xom ashyo sharbatini ishlab chiqarish bilan o‘xshash.