berilishi, asosan, uning traektoriyasi oldindan ma’lum bo‘lgan hollardagina ulardan
foydalaniladi. Faraz qilaylik, M nuqta AB traektoriya bo‘ylab,
Oxyz hisob
sistemasiga nisbatan harakatda bo‘lsin (91-shakl). Ushbu traektoriyada
qo‘zg‘almas bo‘lgan ixtiyoriy O’ nuqtani tanlab olamiz va uni tabiiy o‘qlarning
koordinata boshi qilib belgilaymiz va o‘qning musbat yoki manfiy tomonlarini
(oddiy koordinata o‘qlaridagi kabi) belgilab olamiz.
U holda M nuqtaning shu traektoriyadagi o‘rnini, ya’ni O’ nuqtadan M nuqtagacha
bo‘lgan masofani, shu egri chiziqli traektoriyadagi s - koordinata orqali uning
tegishli ishorasiga bog‘liq ravishda aniqlashimiz mumkin. M nuqta shu traektoriya
bo‘ylab harakatlanganda M
1
, M
2
,...,M
n
va hokazo holatlarda bo‘ladi, demak s -
koordinata ham vaqt davomida o‘zgarib boradi. M nuqtaning ixtiyoriy vaqt uchun
shu traektoriyadagi o‘rnini aniqlash uchun,
s=f(t) (10.6)
qonuniyat berilishi kerak bo‘ladi.
(10.6) tenglama M nuqtaning traektoriya bo‘ylab harakat qonuni deb ataladi.
Demak, nuqta harakatini tabiiy o‘qlarda berilishi uchun: 1) nuqtaning
traektoriyasi; 2) shu traektoriyadagi hisob boshining O’ nuqtasi va tabiiy o‘qning
musbat va manfiy yo‘nalishini belgilanishi; 3) nuqtaning shu traektoriya bo‘ylab
s=f(t) ko‘rinishdagi harakat qonuni berilishi shart.
Shuni eslatib o‘tish lozimki (10.6) tenglamadagi s - nuqtaning
traektoriyadagi o‘rnini belgilaydi xolos, ya’ni uning bosib o‘tgan masofasini
belgilamaydi. Masalan, nuqta O’ nuqtadan harakatni boshlab M
1
nuqtaga kelsin
(91-shakl), so‘ngra orqa tomonga qaytib M holatni egallagan bo‘lsa, u holda
nuqtaning koordinatasi s=O’M bo‘ladi. Umumiy bosib o‘tilgan yo‘l esa,
O’M+M
1
M ga teng bo‘ladi, ya’ni s - ga teng bo‘lmaydi, agar nuqta faqat bir
tomonga harakat qilgan xususiy holdagina ular bir-birlariga teng bo‘lishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: