1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Gidrosiklonlarda quyultirish. Sentrifugalash



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə49/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Gidrosiklonlarda quyultirish. Sentrifugalash
Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi.
Gidrosiklonlar quyma va po’lat listdan payvandlangan bo’lishi mumkin, ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi. Bu uni yoyilib ketishidan saqlaydi. Ular silindr va konussimon qismlardan iborat bo’lib, bo’tana yuboruvchi va ajralgan suyuqlik chiqib ketadigan quvurlari bor.
Dastgohda berilayotgan bo’tana katta aylanma tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo’lgan markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq zarrachalar gidrosiklon devorlariga borib uriladi va tezligini yo’qotib sekin-asta pastga qarab sirpanib tusha boshlaydi. Suyuqlik esa ichki aylanma harakat orqali yuqoriga ko’tariladi va qopqoqdan teshik orqali chiqarib olinadi. 63-rasmda quyma va payvandlangan gidrosiklonlarning tuzilishi ko’rsatilgan.
Har qaysi gidrosiklon silindrsimon (1), konussimon (2) shakldagi korpusdan iborat bo’lib, ta’minlovchi (3) va chiqaruvchi patrubka (6) va qum uchun nasadkadan (7) iborat. Ta’minlovchi patrubka korpusining silindrik qismiga urinma orqali ulangan. Buning natijasida gidrosiklonga tushayotgan bo’tana katta burchak tezlikda aylanma harakatga keladi.
Bo’tana tarkibidagi muallaq qattiq zarrachalar bo’tananing aylanishidan hosil bo’lgan markazdan qochuvchi kuch ta’sirida korpusning devoriga siqilib, paslovchi spiral bo’ylab pastga sirg’anib tushadi va qumli nasadka orqali quyulgan mahsulot ko’rinishida chiqarib olinadi.
Tingan suv gidrosiklon korpusining markaziy o’qi bo’ylab yuqoriga harakatlanib, chiqarib oluvchi nasadka orqali yig’uvchi idishga tushirib olinadi.



15.5-rasm. Gidrosiklon va uning tashqi ko’rinishi


1- korpusning silindrsimon qismi; 2- korpusning konussimon qismi; 3- tangensial yo’nalishda kiruvchi suspenziya shtutseri; 4- to’siqlar; 5- shtutser; 6- tozalangan suyuqlik chiquvchi shtutser; 7- cho’kma chiqadigan shtutser

Gidrosiklonga tushuvchi bo’tananing kirish tezligini boshqarish uchun ta’minlovchi patrubka almashinuvchi qismlarga ega. Ular yordamida gidrosiklonning bo’tana kiruvchi tuynugining shaklini va o’lchamini o’zgartirish mumkin.


Bo’tananing gidrosiklonga kirishdagi kerakli bosimi (0,3 dan 2,5 kg/sm3 gacha) markazdan qochuvchi qumli nasos yordamida yoki bo’tanani yig’uvchi idish gidrosiklondan yuqori joylashib, u o’zi oqib gidrosiklonga tushadigan bo’lsa, bo’tana ustunining bosimi yordamida hosil qilinadi.
Bo’shatish tuynugining berilgan o’lchamini ushlab turish uchun egiluvchan rezina manjet qo’llanadi. Manjet xalqasimon vtulkaga siqiladi. Manjet bilan vtulka orasidagi bo’shliqqa siqilgan havo yoki moy beriladi. Bunda manjet berilayotgan havo yoki moyning miqdoriga bog’liq holda bo’shatish tuynugini hosil qilib shishadi.
Sentrifugalash
Suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar ta’sirida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Bu jarayon sentrifugalarda amalga oshiriladi.
Sentrifugalarning asosiy qismi (gorizontal) yotiq yoki tik (vertikal) o’qqa o’rnatilgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo’lib, u elektrik dvigatel yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho’kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat deyiladi.
Ko’p jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko’ra sentrifugalar ikki хil turga bo’linadi:

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin