1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Filtrlovchi sentrifugalar



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə50/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Filtrlovchi sentrifugalar.
Filtrlovchi sentrifugalarning barabani g’alvirsimon to’rdan iborat bo’lib, to’rning ichki yuzasi suzgich mato bilan qoplangan bo’ladi. Suspenziya barabanning ichiga beriladi. Suzuvchi sentrifugalarda suspenziya markazdan qochma kuch ta’sirida baraban devorlariga qarab otiladi, bunda qattiq zarrachalar mato yuzasida ushlanib qoladi, suyuq faza bu kuch ta’sirida cho’kma qatlami va suzgich to’siqdan o’tib, uzluksiz sentrifugadan chiqarilib turiladi.

15.6-rasm. Sentrifuga
Cho’ktiruvchi sentrifugalarda baraban yaхlit temir plastinkalardan qilinadi. Bu sentrifugalarda bosimlar farqi markazdan qochma kuch ta’sirida hosil qilinadi. Barabanning aylanishi natijasida suspenziya baraban devorlari tomon harakat qiladi, zichligi katta bo’lgan qattiq zarrachalar baraban devori yaqinida, zichligi kamroq bo’lgan suyuq faza esa o’q atrofida to’planadi [2].
Ish maromiga ko’ra sentrifugalar davriy va uzluksiz bo’ladi
Baraban o’qining o’rnatilishiga qarab, yotiq va tik sentrifugalar bo’ladi. Davriy ishlaydigan sentrifugalarda cho’kma qo’l yordamida, og’irlik kuchi va pichoq bilan tushiriladi.Uzluksiz ishlaydigan sentrifugalarda cho’kma shnek yordamida inertsion va pulsatsion kuchlar ta’sirida tushiriladi. Sentrifugalarning ish unumdorligi ajratish koeffitsientiga bog’liq bo’lib, ajratish koeffitsientining sentrifugalarda markazdan qochma kuchlar maydonida hosil bo’lgan kuchlanish bilan tavsiflanadi. Sentrifugada hosil bo’layotgan markazdan qochma kuchlar miqdorining og’irlik kuchi tezlanishdan necha marta ko’pligini ko’rsatuvchi kattalik ajratish koeffitsienti deyiladi.


16-Ma’ruza
Mavzu: Filtrlash dastgohlari
Reja:

  1. Filtrlashning nazariy asoslari

  2. Filtrlаrning tuzilishi, ishlаsh prinsipi vа tехnik хаrаktеristikаsi.

Filtrlashning nazariy asoslari Filtrlash deb, mayda zarrachali bo’tana va suspenziyalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g’ovak to’siq orqali bosim ostida filtrlab, suvni ajratib olishga aytiladi.
Filtrlash natijasida to’siqda ushlanib qolgan mahsulot cho’kma, to’siqdan o’tgan suv filtrat deyiladi.
Filtrlash jarayonining boshlang’ich davrida suyuqlik faqat g’ovak to’siqdan o’tadi, keyinchalik to’siq, yuzasiga cho’kma o’tirgandan so’ng u cho’kma qatlamidan ham sizib o’tishi kerak.
Jarayon davomida cho’kma qatlami qalinlashib boradi: shunga mutanosib suyuqlikning sizib o’tishiga qarshiligi ortib boradi.
Cho’kma qalinligi ma’lum darajaga etganda filtr yuzasiga bo’tana berish to’xtatiladi. Hosil bo’lgan cho’kma qatlami orqali havo o’tkazilib, u quritiladi. So’ngra filtr yuzasidan cho’kma olib tashlanadi va jarayon qaytariladi, hozirda filtr dastgohlarda filtr yuzasiga bo’tana berish, cho’kmani to’plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan avtomatik bajariladi.
Olingan cho’kmaning tarkibida 10-20% gacha namlik bo’ladi. Namlikning miqdori zarrachalarning o’lchamiga, cho’kmaning tuzilishiga, filtrlashning turiga va boshqa omillarga bog’lik. Filtrlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho’kmalar hosil bo’ladi. Siqiluvchi cho’kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformatsiyaga uchrab, ularning o’lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho’kmalarda filtrlash jarayoni osonroq o’tadi va cho’kmadagi namlik ancha kam bo’ladi.
Filtrlash jarayonining unumdorligi Filtrlash jarayonining unumdorligi olinadigan suyuqlikning tozaligi, asosan filtr to’siqning xususiyatlariga bog’liq. Filtr to’siqlarning teshiklari katta va gidravlik qarshiliklari kichik bo’lishi zarur. Filtr to’siqlar sifatida mayda teshiklar to’rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan ashyolar (qum, maydalangan ko’mir va h.k.), sopol buyumlar ishlatiladi. Filtr mato sifatida paxta, yung va sun’iy tolalardan to’qilgan gazlamalar ishlatiladi.
Filtr to’siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtr matoda suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi.
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga bo’linadi:
-Bosimlar farqi ta’sirida filtrlash.
-Markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (sentrifugalash)
Filtrlash jarayonining samaradorligi va filtrlash dastgohining ish unumi filtrlash tezligi bilan tavsiflanadi.
Filrlash tezligi Filrlash tezligi vaqt birligi ichida filtrdan o’tgan suyuqlikning hajmini bildiradi.
Filtrlash tezligi bo’tana, cho’kma va suyuqlikning xossalariga, filtrlash maromiga va boshqa kattaliklarga bog’liq.
Suvning filtr mato va cho’kma qatlamidan sizib o’tishini cho’kmadagi kapillyarlardan o’tishiga o’xshatish mumkin. Kapillyar naychadan o’tayotgan suvning hajmi (m3/s). Puazeil qonuniga binoan quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

Bu yerda, P – bosimlar farqi, Pa;
d - kapillyar diametri, mm;
- kapillyar uzunligi, mm;
– suyuqlikning qovushqoqligi, Pa.s.
Suyuqlikning kapillyardan oqib chiqish tezligi:

bu yerda, kapillyarning kesim yuzasi
yoki = R bo’lib, bu kapillyar devorlarning suv oqimiga ko’rsatayotgan qarshiligi, u holda,

Bo’tanani suzish jarayonida suyuqlik oqimiga cho’kma va filtr mato qarshilik ko’rsatadi, ya’ni:
;
bu yerda: r0 – cho’kmaning hajm birligidagi solishtirma qarshiligi:
h - cho’kma qalinligi
P0 - filtr matoning solishtirma qarshiligi
Yuqoridagi - formuladagi R ni qiymatiga- formuladagi qiymatini qo’ysak, ya’ni:
; ma’lumki
bu yerdan:
va

Cho’kma qatlamining qalinligi:

bu yerda - bir hajm suyuqlikdagi cho’kmaning hajmi, u holda quyidagi formuladagi h o’rniga qo’ysak:

Yuqoridagi formulani R bosim o’zgarmas holatida integrallasak





bo’lib,
u = ax + v ko’rinishida to’g’ri chiziq tenglamasi
filtr egri chizig’ini og’ish burchagi tangensi ( )
- ordinata o’qini kesib o’tish balandligi quyidagi grafik asosida

16.1-rasm. Filtr grafigi.


a va b larning qiymatlari – tajriba yo’li bilan laboratoriya vakuum – filtr dastgohlarida aniqlanadi.
a va b larning qiymatlari topilgandan so’ng, solishtirma qarshilik r0 va larni quydagi formuladan topiladi.




16.2-rasm. Vakuum – filtr dastgohi.





Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin