O’R OM B O’R OM B O’R OM B
14.3-rasm. Barabanli saralagichlarning sxemalari:
a) elektrostatik; b) tojli; v) tojli - elektrostatik saralagichlar;
1- bunker; 2- baraban; 3 – elektrod; 4 – elektrod; 5- barabanni tozalash shyotkasi.
Nazorat uchun savollar
1. Elektr separatorlar qanday tuzilishga ega?
2. Plastinkasimon elektrostatik separator tuzilishini aytib bering.
3. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasini tushuntirib bering.
4. Elektr separatsiyaga ta’sir etuvchi omillar haqida tushuntirib bering?
5. Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori.
6. Elektrodlardagi kuchlanganligini bilasizmi?
7. Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi haqida tushuntirib bering?
15-Ma’ruza
Mavzu: Quyultirgichlar
Reja:
Piramida tindirgichlar
Gidrosiklonlarda quyultirish.
Sentrifugalash
Piramida tindirgichlar quyultiruvchi konuslar.Piramidasimon tindirgichlar quyultiruvchi konuslar bo’tana va dag’al suspenziyalarni quyultirishga mo’ljallangan.
15.1-rasm. Piramidasimon tindirgichlar
Quyultirilgan mahsulotga 0,1 - 0,3 mm dan katta qattiq zarrachalar, quyulmaga esa, 0,1 mm gacha yiriklikdagi zarrachalarni saqlovchi unchalik tiniqmas suv ajraladi [2].
Piramidasimon tindirgichlar temir betonli hovuzdan iborat bo’lib, u bir-biri bilan piramidasimon taglik bilan bog’lanuvchi alohida kameralarga bo’lingan. Taglikning qiyaligi 65-700.
Taglikka teshikchalar qilingan bo’lib, ularga quyulgan mahsulotni chiqarib olish uchun kranli patrubkalar o’rnatilgan. Kameralarning o’lchami tindirgich binosi ustunining qadamiga teng qilib qabul qilinadi.
Bo’tana tindirgichning yuqori qismiga beriladi va kameradan ikkinchisiga quyiladi. Bo’tananing harakatlanish yo’nalishida uning tarkibidagi qattiq zarrachalar cho’kadi va ma’lum miqdorda yig’ilgandan keyin kran orqali tushirib olinib, quyiltirilgan mahsulot to’plagichga jo’natiladi.
Qisman tinitilgan suv oxirgi kameraning devoridan oqib tushadi. Tindirgich kameralari bo’tana bilan ketma-ket va parallel to’ldirilishi mumkin.
Quyultirilgan mahsulotni piramidasimon tindirgichdan chiqarib olish faqat kranli patrubka orqali emas, balki diafragmali nasos yoki shlyuzli ta’minlagich orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Shlyuzli ta’minlagich aylanishlar soni tarmoqqa ulanadigan qarshilikka qarab, o’zgaradigan elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Quyultirilayotgan mahsulotning zichligi kamayganda, kameraning tubiga joylashtirilgan po’kak cho’kadi va og’irlik kuchi yordamida qo’shimcha qarshilik kiritadi, bu elektrodvigatelni aylanishlar sonini kamaytirishga va quyultirilgan mahsulotni bo’shatish tezligini pasaytirishga olib keladi.
Quyultirilgan mahsulot zichligini ortishi bilan po’kak qalqib chiqadi, tarmoqdagi qarshilik kamayadi, elektrodvigatel aylanishlar soni ortadi.
Silindrik quyultirgichlarda quyultirish
Silindrik quyultirgichlar boyitish fabrikalarida keng qo’llaniladi, sababi barcha turdagi bo’tana va suspenziyalarni, shuningdek shlamli suvlarni tindirish uchun ishlatiladi.
Bir qavatli silindrik quyultirgichlarni markaziy va periferik tashqi uzatmali turlari mavjud. Markaziy uzatmali quyultirgichlar (61-rasm) odatda 25 m gacha, periferik uzatmali quyultirgichlar esa 15 m dan kam bo’lmagan diametrga ega bo’ladi [20].
Markaziy uzatmali quyultirgich.Markaziy uzatmali silindrik quyultirgichlar katta ochiq temir betonli yoki metall silindr shakldagi chandan (1) iborat bo’lib, u chetki devordan markazga tomon 6-120 qiyalikda tekis yoki biroz konussimon (7) taglikka ega.
Chan markazining pastki tomonida quyultirilgan mahsulot uchun bo’shatish voronkasi o’rnatilgan. Channing tubi bo’ylab vertikal valda (2) kurakchalar (4) o’rnatilgan eshkakli rama (3) aylanadi, u quyultirilgan mahsulotni markazga tomon kurab beradi. Odatda quyulgan mahsulotni quyultirgichdan diafragmali nasos (8) yordamida chiqarib olinadi. Bo’tana markaziy truba (5)orqali taqsimlanadi. Uning harakati yo’nalishida bo’tanadagi qattiq zarrachalarning cho’kishi va suvning tinishi sodir bo’lib, tingan suv quyultirgichning devorlari buylab xalqasimon tarnovchaga (6) oqib tushadi.
15.2-rasm. Markaziy uzatmali quyultirgich
Tashqi uzatmali silindrik quyultirgich., markaziy uzatmali quyultirgichdan eshkakli ramaning tuzilishi bilan farq kiladi. U temir betonli chan (1) dan iborat bo’lib, ularda eshkakli rama (4) pastki qismida eshkaklarni ko’tarib turuvchi radial ferma (2) ko’rinishida tayyorlangan. Fermaning bir uchi channing markazida joylashgan temir beton ustunga (3) mahkamlangan, aylanuvchi podshipnikka (6) tayanadi, ikkinchi uchi esa, aylanuvchi g’ildirak yoki g’altak (5) orqali channing bortiga o’rnatilgan aylanma rels (7) bo’ylab harakatlanadi.
15.3-rasm. Tashqi uzatmali silindrik quyultirgich
15.4-rasm. Markazdan harakatlantiruvchi periferik quyiltirgich.
1-korgus; 2-aylana ariq; 3-aralashtirgich; 4-cho’kmani yig’uvchi qurilma; 5-boshlang’ich mahsulotni yuklash uchun quvur; 6-tinigan suyuqlikni chiqarib yuborish uchun quvur; 7-cho’kmani bo’shatish qurilmasi; 8-yuritgich.
Tayanch qalpoqdagi tuynuk orqali bo’tana changa beriladi. Quyultirilgan mahsulot diagrammali nasos bilan ulangan channing markazida quvur orqali chiqarib olinadi. Tingan suv xalqasimon tarnovchagacha oqib tushadi.
Dostları ilə paylaş: |