1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə47/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori. Ajratiluvchi minerallar moddiy tarkibining doimiy emasligi, ularda boshqa aralashmalarning mavjudligi elektr separatsiya ko’rsatkichlariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, tsirkonga temirli minerallarni tushib qolishi uning elektr o’tkazuvchanligini shunchalik oshirib yuboradiki, natijada u o’tkazuvchi fraktsiyaga tushadi [11].
Separatsiya ko’rsatkichlari, shuningdek, dastlabki mahsulotdagi ajraluvchi minerallarning miqdoriga bog’liq. Agar aralashmada dielektriklarning miqdori kam bo’lsa, bu holda yuqori sifatli o’tkazgichli fraktsiya olish mumkin, va aksincha, dielektriklarning miqdori ko’p bo’lsa, o’tkazgichlar fraktsiyasini olish uchun bir nechta tozalash jarayonlarini qo’llash talab qilinadi.
Elektrodlardagi kuchlanganlik. Tojli elektroddagi kuchlanganlik elektrodlar orasidagi bo’shliqda tojli tok kuchini belgilaydi va elektr separatsiya jarayonini boshqarishda muhim parametr hisoblanadi. Elektrodlar orasidagi kuchlanganlikning ortishi bilan tojli tok kuchi ortadi. Havoning yaxshi ionlashishi elektrodlar orasidagi bo’shliqda ionlar sonining ortishi natijasida kuchliroq elektr zaryadlarini olishga hamda ko’p sonli zarrachalarni zaryadlashga ham imkon tug’diradi.
Elektrodlar orasidagi masofa. Tojli tok, shuningdek, minerallarning tojli elektrsizlantirish maydonida zaryadlash samaradorligi tojli va erga ulangan elektrodlar orasidagi masofaga bog’liq. Bu masofani kamaytirib tojdagi tokni ko’paytirish mumkin yoki aksincha.
Elektrodlar orasidagi masofani o’zgartirib, xuddi tojli elektroddagi kuchlanganlikni o’zgartirishdagi kabi elektr separatsiyani boshqarish mumkin. Elektrodlar orasidagi masofa separatsiya tartibi ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi va separator ishlab turgan paytda o’zgartirilmaydi.
Erga ulangan elektrodning aylanish tezligi. Elektr separatsiyada barabanning chiziqli (aylanma) harakatlanish tezligi zarrachani baraban yuzasidan uzib tushiruvchi asosiy markazdan qochuvchi kuch orqali namoyon bo’ladi.
Markazdan qochuvchi kuchning ortishi bilan o’tkazuvchi zarrachalarning ajralishi uchun qulay sharoit yaratiladi, biroq haddan tashqari oshirish o’tkazuvchilar fraktsiyasiga baraban yuzasida elektr tortishish kuchlari bilan ushlanib turilmaydigan elektr o’tkazmaydigan zarrachalarni ham o’tib ketishiga olib keladi. O’tkazuvchi fraktsiyaning o’tkazmaydiganlar bilan ifloslanishi barabanning aylanma harakatlanish tezligi kamayib ketganda ham kuzatiladi.
Shuningdek, separatorning ishlab chiqarish unumdorligi ham cho’ktiruvchi elektrodning aylanma harakatlanish tezligiga bog’liq. Aylanma harakatlanish tezligining ortishi bilan separatorning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish mumkin, biroq bu bilan separatsiya mahsulotlari sifatini yaxshilashga hamma vaqt erishib bo’lmaydi.
Mahsulotning yuqori namligi elektr separatsiyaga ikki taraflama salbiy ta’sir ko’rsatadi. Namlik minerallarning, ayniqsa o’tkazmaydigan minerallarning tabiiy elektr o’tkazish xususiyatini kuchli darajada o’zgartirishi va ularning moddiy tarkibi hamda elektrofizik xususiyatidan qat’iy nazar zarrachalarning yopishib qolishiga olib keladi. Puch tog’ jinslarining mayda zarrachalari qimmatbaho mineralga yopishib, kontsentratga ajraladi va uning sifatini yomonlashtiradi. Shunday qilib, ortiqcha namlikni yo’qotish elektr usulida boyitishdan oldingi bajarilishi shart bo’lgan jarayon hisoblanadi.
Elektrseparatsiyada mahsulotning yuza namligi asosiy rol o’ynaydi. Mahsulot yuzasidagi namlikni yo’qotish harorati 1500–2000C. Bunday haroratda quritilgan mahsulot 0,5–1% namlikka ega bo’ladi [2].
Elektro statik saralagichlarda elektr o'tkazuvchi zarrachalar baraban elektroddan zaryad olib, undan qochadi. Dielektriklar esa o’z og’irlik kuchlari hisobiga traektoriyasini o'zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. To'siqlarni moslab, zarrachalarni ajratib olish mumkin (56- rasm, a ).
Tojli saralagichlarda o'tkazgichlar tojli elektrodda zaryadlanib, baraban elektroda zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dielektriklar esa, qoldiq zaryad hisobiga baraban elektrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadilar. Yarim o'tkazgichlar esa dielektriklar bilan o'tkazgichlar orasida to'planadilar. (56-rasm, b).
Tojli elektrostatik saralagichlarda zaryadlanish-zaryadsizlanish jarayonida o'ziga tortuvchi elektrod ham qatnashadi. Tojli elektroda zaryadlangan o'tkazgich zarracha baraban elektroda zaryadsizlanib undan qochadi va qo'shimcha manfiy zaryadlangan elektrodga tortiladi. Bu traektoriyasini kengaytirishga olib keladi.


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin