1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Gidrotsiklonlarda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə25/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Gidrotsiklonlarda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar
Mexaniq tasniflagichlarga nisbatan gidrotsiklonlarda tasniflash samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, 80 % ga etadi . Gidrotsiklonlarda tasniflanish samaradorligi quydigi : gidrotsiklon (D), sliv chiqaruvchi (dc), quvurlarning diametrlariga , qattiq va suyuqlikning nisbatiga ( k: c), bo‘tanani zichligiga , bo‘tanani qanday bosim ostida berilayotganiga bog‘liq .

  1. Sikloning diametri kattalashgan sari uning unumdorligi diametrining kvadrati bo‘yicha mutanosib ravishda oshib boradi, ammo slivdagi zarrachani o‘lchamlari yiriklashib boradi.

  1. Bo‘tana keluvchi quvurning (db) shakli va o‘lchami: quvirni o‘lchami kattalashgan sari ( bir xil bosimda ) mutanosib ravishda gidrotsikloning unumdorligi oshib boradi, sliv yiriklashadi. Bo‘tana beruvchi quvir uchining shakli to‘g‘ri turt burchak bo‘lib, balandligi – kengligiga nisbatan 2 : 1 bo‘ladi . Amalda bo‘tana keluvchi quvirning ekvivalent diametri db= ( 0,08 -0,25 ) D qabul qilinadi .

  1. Sliv chiqib ketuvchi quvirning o‘lchami kattalashsa gidrotsiklonning unumdorligi oshadi, ammo yirik sliv olinadi. Amalda dc = ( 0,2 -0,4 ) D sliv chiqib ketuvchi quvirning o‘lchami ( dc) , bo‘tana keluvchi ( db) quvirning o‘lchamidan 20 -25 % kattaroq olinadi.Sliv chiqadigan trubani uchi gidrotsikloning slindr qismini konus qismiga ulangan erigacha tushuntirilgan bo‘ladi.

  2. Qum chiqib ketuvchi quvurlarning o‘lchami katta bo‘lsa, tasniflanish yuz bermaydi, xamma bo‘tana shu quvurdan chiqib ketishi mumkin. Quvurning diametri kichiklashib borgan sari qumda qattiq zarrachalarning miqdori oshib boradi, sliv yiriklashadi. Amaldadr= (0.5: 0.8) dslqabul qilinadi.

Qum chiqaruvchi quvur diametrining (dl) sliv chiqaruvchi quvir diametriga ds nisbati dl/ ds «qumlik nisbati» yoki «chiqaruvchilik nisbati» deb atalib, gidrotsiklonlarni moslashda asosiy omil xisoblanadi. Bunda dq- eng yirik zarrachaning o‘lchamidan kamida 3 marta bo‘lishi; sliv quviri, bo‘tana quviridan kichik bo‘lmasligi kerak .
Tasniflashni eng yuqori samaradorligi dq/ dc = 0,3-0,5 qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Konuslik burchagi amalda 200 bo‘ladi. Mayin sliv olish uchun konuslik burchagi = 5-100 bo‘ladi. Ammo ishqalanish kuchi yuqori bo‘lganligi sababli = 20 dan yuqori bo‘lishi kerak .
Bo‘tanani kirishdagi bosimi. Saralash natijalari qonikarli bo‘lishi uchun bo‘tananing bosimi o‘zgarmas va yuqori bo‘lishi kerak .Gidrotsiklonga kirayotgan bo‘tananing bosimi (10-30 ) x 104 Pa bo‘ladi .
Mayin sliv olish uchun yuqori (20 – 30) x104Pa bosimli bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa past bosimli bo‘tana ishlatiladi .
Bo‘tanani zichligi. Mayin sliv olish uchun suyuqrok bo‘tana , yirik sliv olish uchun esa quyuqrok bo‘tana ishlatiladi . Bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori (T ) 10 % dan 50 % gacha bo‘lishi mumkin .

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin